TGViewer
Startup Choyxona Startup Choyxona @startup_choyxona · 3.37K subscribers
Post #1060 579
😃 Startup Garage asoschilarni tayyor loyiha asosida MVP yaratish va uni ikki oy ichida mahalliy bozorda sinab ko‘rish uchun rezidentlik dasturiga taklif qilmoqda

Startap boshlash uchun har doim ham yangi g‘oya o‘ylab topish shart emas. Ba’zan salohiyatli loyihani tanlab, uni sifatli amalga oshirishning o‘zi yetarli.

Startup Garage global bozorda shakllangan va mahalliy bozorga moslashtirish mumkin bo‘lgan loyihalar orasidan tanlash imkonini beradi.

Siz esa:
→ o‘zingizga mos loyihani tanlaysiz
→ tayyor yo‘l xaritasi asosida ishlaysiz
→ MVP yaratasiz
→ uni bozorda sinab ko‘rasiz

Loyihani tanlaganingizdan so‘ng Startup Garage jamoasi siz bilan ikki oy davomida ishlaydi. Bu vaqt ichida jamoa loyihani ishga tushirish, MVP yaratish, uni bozorda sinash va dastlabki natijalarga erishishda sizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
G‘oya izlashga oylar sarflamaysiz — loyihangiz ustida ishlashni boshlaysiz.

Joylar soni cheklangan.

🚀 Ro‘yxatdan o‘tish

———————————————

@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar

#imkoniyatlar
  • ❤ 4
  • 👍 2
More from @startup_choyxona
  1. Sep 19, 2026🇺🇿 ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida "Elevator Pitch" sessiyasida ishtirok etish uchun…
  2. Sep 16, 2026Yandex Uzbekistan IT-yo‘nalishlari talabalari va bitiruvchilari uchun Toshkentda yashash v…
  3. Sep 16, 2026🤖 National AI Hackathon Xorazmda: ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 17–20-sentabr kunlari Xora…
  4. Sep 15, 2026🔐 Kiberxavfsizlik bo‘yicha ochiq sessiya 17-sentabr kuni Ziyo Forum Yoshlar markazida “Ki…
  5. Sep 15, 2026🤖 National AI Hackathon — navbat Namanganda! 24–27-sentabr kunlari Namangan viloyatida Na…
  6. Sep 15, 2026🏆 U-ENTER CUP 2026 — futbol chorlamoqda! ⚽️ Sport kayfiyatini, faol hayot tarzini va jamo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →