🤖 National AI Hackathon — navbat Namanganda!
24–27-sentabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar real muammolarga sun’iy intellekt yordamida yechim ishlab chiqib, uni loyiha shakliga keltirish va jamoa bilan taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🏆 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — Apple MacBook Air
🥈 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
Shuningdek, “Eng qiziqarli taqdimot” va “Eng dolzarb ijtimoiy loyiha” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.
👥 Ishtirokchilar 16 yoshdan katta, pasport yoki ID-kartaga ega hamda Namangan viloyatida istiqomat qilishi kerak. Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tadi. Hackathonning boshqa viloyat bosqichida avval qatnashganlar Namangan bosqichida ishtirok eta olmaydi.
🗓 Sana: 24–27-sentabr
📍 Namangan viloyati
🚀 Ro‘yxatdan o‘tish
———————————————
@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar
#imkoniyatlar
Post #1055
690

- 👍 2
- ❤ 1