🚀 Markaziy Osiyodagi Biotech, Healthtech va Pharmatech startaplari uchun SGP Life Sciences akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi
DOMiNO Ventures va UzVC Biotech, Healthtech hamda Pharmatech sohalaridagi startaplar uchun ikki oylik SGP Life Sciences akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda.
Dastur ishtirokchilari:
- mentorlar va soha ekspertlari bilan ishlaydi;
- investitsiya jalb qilish va biznesni kengaytirishga tayyorlanadi;
- xalqaro venchur fondlari va investorlar bilan aloqalar o‘rnatadi;
- xalqaro bozorlarga chiqish va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi.
Dastur yakunida O‘zbekistonda ikki kunlik amaliy Bootcamp hamda investorlar, korporatsiyalar va startap ekotizimi vakillari ishtirokidagi Demo Day o‘tkaziladi.
⏰ Arizalar qabuli 2026-yil 18-sentyabrgacha davom etadi
🚀 Ro‘yxatdan o‘tish
——————————
@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar
#imkoniyatlar
Post #1045
1.3K

- ❤ 3
- 👍 1
- 🔥 1