TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 127K subscribers
Post #23050 7.77K
🟡 📰📰📰📰📰📰📰

❗️ SSV: JSST bilan amaliy hamkorlik yanada kengayadi

⏺ Ayni kunlarda Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib turgan Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori vazifasini bajaruvchi Korinn Kapuano bilan uchrashdi.


✅ Muzokaralarda qayd etilganidek, yurtimizda tibbiyotni isloh qilishda JSSTning ekspertlik ko‘magi muhim ahamiyat kasb etadi.

🟡 Ikki tomonlama hamkorlik birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasi, davlat tibbiy sug‘urtasini joriy qilish, kadrlar tayyorlash va ixtisoslashtirilgan yordamni takomillashtirish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.

💊 Tashkilot mutaxassislari ishtirokida qator muhim hujjatlar ishlab chiqilib, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi modellari tatbiq etilmoqda.

🔬 Uchrashuvda vazir Samarqand viloyatida joriy etilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modelini birgalikda baholash taklifini ilgari surdi. Bunda JSST ekspertlari tibbiy xizmatlarning sifati, shifokorlar hamda hamshiralarning ish yuklamasi, profilaktika samaradorligi, surunkali kasalliklarni nazorat qilish hamda boshqa jarayonlarni o‘rganishi kutilmoqda.

📝 Yakuniy natijalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan tavsiyalar asosida modelni yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

🏥 Muloqotda onkologik xastaliklarga chalingan bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi ham alohida muhokama qilindi. O‘zbekiston 2019-yildan buyon JSSTning Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tashabbusida ishtirok etib kelmoqda. Tashkilot ko‘magida 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqildi.

🔵 Eldor Adilov JSST bundan keyin ham mamlakatimizga onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha milliy protokollar, monitoring tizimi va mutaxassislar malakasini oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishiga umid bildirdi.

📌 Yakunda vazir Korinn Kapuanoni 21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etishga taklif etdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
  • 👍 14
  • 🔥 5
More from @ssvuz
  1. Oct 17, 2026#Tavsiya 🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ❔Grippdan himoyalanish uchun nimalarni bilish kerak? ❔Ko‘pchil…
  2. Oct 17, 2026#Kongress 🔴✅✅✅✅ 📍 Poytaxtimiz yana bir nufuzli anjuman — O‘zbekiston endokrinologlarinin…
  3. Oct 16, 2026🔴🟦🟦🟦 💊 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘…
  4. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴❤️❤️❤️ 📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolza…
  5. Oct 16, 2026#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 ❗️Samarqandda o‘tadigan…
  6. Oct 16, 2026#Milliy_dastur 🟡 💛💛💛 ❗️SSV: O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgila…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →