📍 Poytaxtimiz O‘zbekiston ftiziatrlar va pulmonologlarining IX anjumaniga mezbonlik qilmoqda.
🔎Sog‘liqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirda JSST Yevropa mintaqaviy byurosi va boshqa qator xalqaro tuzilmalar vakillari hamda Germaniya, Shveytsariya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlar mutaxassislari ishtirok etmoqda.
📌 Unda sil va nafas a’zolari kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, nazorat qilish va davolashdagi eng dolzarb masalalar xalqaro ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqilyapti.
✅ Bu orqali yurtimizda ftiziatriya va respirator tibbiyot an’analarini zamonaviy innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirish, pirovardida sohani yangi bosqichga ko‘tarish maqsad qilingani, ayniqsa, e’tiborga molik.
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram








