TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 125K subscribers
Post #22919 7.15K
🔴 ❤️❤️❤️

❗️Samarqandda 50 dan ortiq tibbiyot muassasasida klinik audit o‘tkazildi

🧭 Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Klinik audit inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyatidagi 50 dan ortiq tibbiyot muassasasida klinik audit o‘tkazildi.


🔎 O‘rganishlar davomida tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari, milliy klinik protokol va standartlarga rioya etilishi, bemorlar xavfsizligi hamda mavjud resurslardan foydalanish samaradorligi baholandi.

📌 Auditda ona va bola salomatligi, kesarcha kesish amaliyotlarini tibbiy ko‘rsatmalar asosida bajarish, dori vositalarini tayinlash, shuningdek, qon komponentlarini qo‘llash, laboratoriya xizmatlarida ichki va tashqi sifat nazoratini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Tibbiyot muassasalarida klinik protokollarni amaliyotga to‘liq tatbiq etish va ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.


‼️ Audit natijalari asosida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Unda kadrlar malakasini oshirish, muassasalardagi ichki nazoratni tizimli tashkil etish va infratuzilmani mustahkamlash choralari belgilandi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 🔥 6
  • 👍 3
More from @ssvuz
  1. Sep 26, 2026🔴 📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇩🇪 Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston — Germaniya” uchinchi…
  2. Sep 26, 2026#No_comment 🔴 🔴🔴 🇺🇿🇩🇪 “O‘zbekiston-Germaniya” uchinchi tibbiyot forumi o'z ishini d…
  3. Sep 26, 2026#Gematologiya 🟡 ❤️❤️❤️ ✅ Gemopoyetik o‘zak hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish — o‘ta murak…
  4. Sep 26, 2026#No_comment 🔴 🔴🔴 🇺🇿🇩🇪 Poytaxtimizda “O‘zbekiston-Germaniya” uchinchi tibbiyot forum…
  5. Sep 25, 2026🔴 🟦🟦🟦 ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan O‘zb…
  6. Sep 25, 2026#Tibbiyot_forumi 🔴 🟦🟦🟦 🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston – Germaniya: birgalikda sog‘lom va farovon…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →