#Tibbiyot_forumi
🔴 🟦🟦🟦
🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston – Germaniya: birgalikda sog‘lom va farovon kelajak sari!
📍 Ertaga, 26-sentabr kuni poytaxtimizdagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston — Germaniya” uchinchi tibbiyot forumi bo'lib o'tadi.
🏃♂️ Unda ikki mamlakat sog'liqni saqlash tizimi mas'ullari, soha olim va ekspertlari birgalikda erishilgan natijalarni sarhisob qilib, o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oladi.
🗒 Anjuman yakunida yurtimiz va Germaniyaning qator tibbiyot muassasalari va oliy o'quv yurtlari o‘rtasida muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Post #22922
6.59K