TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 125K subscribers
Post #22937 4.58K
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦

📍Qadimiy va afsonaviy Xiva shahrida “Vohidov o‘qishlari – 2026” XXX respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


✅ Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, shuningdek, mamlakatimiz va qator xorijiy davlatlarning yetakchi jarrohlari, taniqli olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari qatnashyapti.

📌 Tadbirda kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni ixtisoslashtirilgan markazlarga o‘z vaqtida yo‘naltirish, yuqori texnologiyali tibbiy yordam qamrovini kengaytirish va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

🔎 Konferensiya dasturidan robotlashtirilgan va kam invaziv jarrohlik, kardioxirurgiya, tomir jarrohligi, transplantologiya, anesteziologiya va intensiv terapiyaning zamonaviy yutuqlari muhokamasi o‘rin olgan.

🤖 Shuningdek, jarrohlik amaliyotida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va teletibbiyot imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti.

📊 Anjumanda mamlakatimiz mutaxassislari o‘pka va ko‘krak qafasi a’zolarida robot yordamida bajarilgan dastlabki 50 ta operatsiyaning klinik tajribasini taqdim etadi.

🔬 Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar ham zamonaviy jarrohlik usullari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

‼️Konferensiya doirasida jigar va buyrak transplantatsiyasi, yurak-tomir kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash, murakkab operatsiyalardan keyingi asoratlarning oldini olishga oid ilmiy izlanishlar muhokama etiladi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 7
  • 🔥 1
More from @ssvuz
  1. Sep 26, 2026🔴 📰📰📰📰📰📰📰 🇺🇿🇩🇪 Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston — Germaniya” uchinchi…
  2. Sep 26, 2026#No_comment 🔴 🔴🔴 🇺🇿🇩🇪 “O‘zbekiston-Germaniya” uchinchi tibbiyot forumi o'z ishini d…
  3. Sep 26, 2026#Gematologiya 🟡 ❤️❤️❤️ ✅ Gemopoyetik o‘zak hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish — o‘ta murak…
  4. Sep 26, 2026#No_comment 🔴 🔴🔴 🇺🇿🇩🇪 Poytaxtimizda “O‘zbekiston-Germaniya” uchinchi tibbiyot forum…
  5. Sep 25, 2026🔴 🟦🟦🟦 ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan O‘zb…
  6. Sep 25, 2026#Tibbiyot_forumi 🔴 🟦🟦🟦 🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston – Germaniya: birgalikda sog‘lom va farovon…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →