TGViewer
Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi @sspjizzax · 1.07K subscribers
Post #9208 700
HAR CHORSHANBA — TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT KUNI

"Jizzax" erkin iqtisodiy zonasi binosida "Har chorshanba - tadbirkorlar bilan ochiq muloqot kuni" doirasida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

🤝 Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etilgan muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosarlari, Biznes-ombudsman viloyat shu'basi, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyati iqtisodiy sudi, Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi hamda Kambag'allik va bandlik boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

👥 Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkor qatnashib, shundan 12 nafar tadbirkorning murojaati tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularning qonuniy yechimini topish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

💬 Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining soliq va investitsiya imtiyozlari, kreditlash, ishchi kuchi bilan ta’minlash, dual ta’lim, infratuzilma hamda sud qarorlari ijrosi bilan bog‘liq masalalariga e’tibor qaratildi.

⚖️ Ochiq muloqotning asosiy maqsadi — tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni bevosita eshitish, ularning sabablarini aniqlash va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali yechim topishdan iborat.

📌 “Har chorshanba — tadbirkorlar bilan ochiq muloqot kuni” doirasidagi uchrashuvlar muntazam davom ettiriladi. Bu orqali tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni hal etish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan hamkorlik mustahkamlanadi.

📍 Manzil: Jizzax shahri, “A” sanoat zonasi, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi binosi.

📞 Murojaat uchun: +998 91 195 86 84, +998 97 295 17 77.

👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram
More from @sspjizzax
  1. Oct 17, 2026TA’LIM VA BIZNES HAMKORLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI! 📍 Jizzax yoshlar texnoparkida ta’l…
  2. Oct 16, 2026O‘zbekiston Franchayzing Uyushmasi O’zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi hamda Investitsiyalar…
  3. Oct 16, 2026Хушхабар! Корхоналар ўз машинасига рекламани энди онлайн ва бепул жойлаштиради Вазирлар Ма…
  4. Oct 16, 2026📢 DIQQAT, TADBIRKORLAR! Ta’lim va biznes hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuv! Hurmatli t…
  5. Oct 16, 2026#PAXTAKORLIK_UDDABURON_AYOL “Munira Umid” MChJ rahbari Munira Xoliqova ishchilarining orti…
  6. Oct 16, 2026HAR CHORSHANBA — TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT KUNI Jizzax erkin iqtisodiy zonasi binos…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →