HAR CHORSHANBA — TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT KUNI
Jizzax erkin iqtisodiy zonasi binosida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Biznes-Ombudsman viloyat shu'basi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat sudlari, viloyat adliya boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkor qatnashib, 12 nafar tadbirkorning murojaati tinglandi. Soliq va investitsiya imtiyozlari, kreditlash, ishchi kuchi bilan ta’minlash, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
📌 “Har chorshanba — tadbirkorlar bilan ochiq muloqot kuni” uchrashuvlari muntazam davom etadi.
📞 Murojaat uchun: +998 91 195 86 84, +998 97 295 17 77.
🎥 Batafsil — videolavhada.
👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram
Post #9225
699