TGViewer
Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi @sspjizzax · 1.07K subscribers
Post #9229 57
O‘zbekiston Franchayzing Uyushmasi
O’zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi hamda Investitsiyalar, Sanoat va Savdo Vazirligi ko‘magida
10-xalqaro Franchayzing ko‘rgazmasini o‘tkazadi

Ko‘rgazma doirasida sohaning yetakchi xalqaro va mahalliy spikerlari hamda ekspertlari ishtirokida xalqaro forum va
Franchayzingni rivojlantirish bo‘yicha Milliy loyihaning muhokamasi bo’lib o’tadi

Franchayzing — bu iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biridir.
Tizimli rivojlanish natijasida ushbu sektor kelgusi 10 yil ichida quyidagilarni ta’minlashga qodir:

* Yillik YAIM (Yalpi ichki mahsulot) 8 mlrd dollargacha hissa qo’shish
* 1 000 000 dan ortiq ish o‘rni yaratish imkoni
* 100 000 tagacha franchayzing nuqtalari ochishi imkoni
* Yiliga 800 mln dollargacha soliq tushumlari

Bugungi kunda franchayzingning YAIMdagi ulushi bor-yo‘g‘i 0,1–0,4% ni tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 1,6–4% potentsialga ega.

Forum doirasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan, qonunchilikni takomillashtirish va Franchayzingni rivojlantirish uchun milliy loyihani ishga tushirish masalalari muhokama qilinadi.

⸻

Bu shunchaki ko‘rgazma emas — bu O‘zbekistondagi biznes kelajagi shakllanadigan maydondir.

Sizni Central Asian Franchising & Business Expo tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz!
18–19-aprel · Hyatt Regency Tashkent

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq xalqaro va mahalliy franshizalar, 3500 dan ortiq tadbirkor-tashrif buyuruvchilar, IT-texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mahorat darslari va ko‘plab boshqa qiziqarli voqealar kutilmoqda.

Kirish bepul
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-bot havola:
👉 https://t.me/Uzfranchise_Frank_bot
More from @sspjizzax
  1. Oct 17, 2026TA’LIM VA BIZNES HAMKORLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI! 📍 Jizzax yoshlar texnoparkida ta’l…
  2. Oct 16, 2026Хушхабар! Корхоналар ўз машинасига рекламани энди онлайн ва бепул жойлаштиради Вазирлар Ма…
  3. Oct 16, 2026📢 DIQQAT, TADBIRKORLAR! Ta’lim va biznes hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuv! Hurmatli t…
  4. Oct 16, 2026#PAXTAKORLIK_UDDABURON_AYOL “Munira Umid” MChJ rahbari Munira Xoliqova ishchilarining orti…
  5. Oct 16, 2026HAR CHORSHANBA — TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT KUNI Jizzax erkin iqtisodiy zonasi binos…
  6. Oct 15, 2026#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →