Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafayevning ma’lum qilishicha, elektr energiyasi va gaz tariflari oshirilganidan so‘ng aholi iste’moli kamaygan.
2023–2025-yillarda bir abonentning o‘rtacha oylik elektr iste’moli 212 kVt·soatdan 184 kVt·soatga, gaz iste’moli esa 431 kub metrdan 342 kub metrgacha qisqardi.
“Tarif islohotlari o‘z vaqtida amalga oshirilgani natijasida aholi asta-sekin vaziyatni anglab, energiyani iqtisod qilishga va energiya samaradorlikka o‘tmoqda. Ularda energiya resurslaridan foydalanish madaniyati shakllanib boryapti. Biz buni juda ijobiy tendensiya deb hisoblaymiz”, — dedi Mustafayev.
Joriy yilning 1-iyunidan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari yana oshirilgan edi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/17/saving-energy/
Telegram | Instagram | YouTube
