TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 11K subscribers
Post #20211 1.31K
1-noyabrdan o‘zbekistonliklarning Misrga kirish talablari kuchaytiriladi

Kelasi oydan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrga borishdan oldin vizani mamlakatning diplomatik vakolatxonalari orqali rasmiylashtirishi shart. Turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etiladi.

40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar faqat yaqin oila a’zolari va kamida $5 ming naqd pul bilan safar qilishi mumkin. 40 yoshdan oshgan mustaqil sayohatchilarda esa kamida $3 ming mablag‘ bo‘lishi kerak.

Misrga kirishda mehmonxona bron qilinganini tasdiqlovchi hujjat, mobil aloqa ma’lumotlari va yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlash kerak bo‘ladi. Sayohat davomida turistik vizani boshqa turdagi vizaga almashtirishga ruxsat berilmaydi.

Talab etilgan hujjatlarni taqdim etmagan yo‘lovchilar Misrga kiritilmasligi va ularni olib kelgan aviakompaniya orqali qaytarilishi mumkin:

https://www.spot.uz/oz/2026/10/09/egypt-visa/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👎 17
  • 👍 6
  • 🔥 2
More from @spotuz_uz
  1. Oct 12, 2026🌐🌐🌐 “Yomon insonlar bilan muloqot qilib, hayotingizda ijobiy o‘zgarishlarni kutib bo‘lm…
  2. Oct 11, 2026🌐🌐🌐🌐🌐yangi ta‘lim vaziri, qishda oshadigan ijtimoiy norma va UzAuto’ni sotish rejalar…
  3. Oct 11, 2026O‘zbekistonda Yandex Go ishlashida uzilishlar kuzatilmoqda 11-oktabr kuni ertalab O‘zbekis…
  4. Oct 10, 2026O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i uchun markirovka joriy etish taklif etildi Soliq qo‘mitasi o‘…
  5. Oct 10, 2026Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa narxlari oshirilishi yuzasidan o‘rganish boshladi Ayrim mobi…
  6. Oct 10, 2026Buyuk Britaniya Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etishga yordam beradi Shavkat Mi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →