Shavkat Umurzakovga ko‘ra, 2023-yildan buyon Toshkentda 1,5 ming MVtdan ortiq yangi quvvat ishga tushirildi.
Aholi ehtiyojlarining o‘zgarishi sabab bugungi kunda shahar infratuzilmasi quvvatlari poytaxtning rivojlanish sur’ati va ko‘lamiga mos kelmayapti.
Avvallari podstansiya taxminan besh yilda bir qurilgan, hozir esa shaharning rivojlanishi ko‘proq yangi quvvatlarni talab qilmoqda.
“Biz har yili kamida 200 MVt energiya quvvatlarini ishga tushirishimiz kerak. 200 MVt — kamida ikkita yangi podstansiya qurish bilan barobar”, — dedi shahar hokimi.
Umurzakov yo‘l infratuzilmasiga yuk oshganini ta’kidladi: 2023-yilda Toshkentga kuniga 250 mingtagacha avtomobil kirgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 500 mingtagacha yetmoqda.
Yo‘llarning hisoblangan o‘tkazuvchanlik quvvati 450–500 mingta avtomobil bo‘lib, bu ko‘rsatkich eski texnologiyalar asosida belgilangan:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/08/tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
