Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda kelgan shubhali va noma‘lum fayllarni, ayniqsa APK formatidagi fayllarni ochmaslik va yuklab olmaslikka chaqirdi.
“Notanish raqamlardan kelgan va o‘zini turli idora xodimi deb tanishtirgan shaxslarning gapiga soddalik bilan ishonmang. Hech qachon telefon orqali kod yoki parol so‘ralmaydi”, — dedi Ashropov.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari pulni qisqa vaqt ichida bir necha barobar ko‘paytirishni va‘da qiluvchi soxta onlayn platformalardan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytdi.
Bundan tashqari, onlayn savdolarda sotuvchining ishonchliligiga amin bo‘lmasdan oldindan to‘lov qilmaslik, bank kartasining PIN-kodi va telefonga kelgan SMS-kodlarni hech kimga bermaslik kerakligini qayd etdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/07/cybercrimes/
Telegram | Instagram | YouTube
