Toshkent davlat texnika universitetining 300 ga yaqin talabasi yotoqxonadan chiqarib yuborildi
6-oktabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining qariyb 300 nafar talabasi DXSh asosida tashkil etilgan yotoqxonadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Talabalar yotoqxona uchun oldindan to‘lov qilganini bildirgan.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi talabalar turar joyi hali rasman foydalanishga topshirilmagani, kadastr hujjatlari va zarur ruxsatlar olinmaganini ma’lum qildi.
Talabalar tadbirkor tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinmagan holda joylashtirilgan. Shu bilan birga, boshqa OTM talabalari ham ushbu obyektda bo‘lgan.
Vazirlikka ko‘ra, talabalar TDTUning boshqa bo‘sh yotoqxonalariga vaqtincha joylashtirilgan, avval undirilgan to‘lovlar esa tadbirkor tomonidan 100% qaytarilgan:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/07/dormitory/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20187
838

- 👎 11
- ❤ 6
- 👍 6