Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kuryerlarga nisbatan kuchaytirilgan reydlarni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralari bilan izohladi.
2026-yilning 9 oyida ular ishtirokida 563 ta YTH qayd etilib, oqibatda 89 kishi halok bo‘lgan va 488 kishi jarohatlangan.
Ushbu davr mobaynida moped va skuter haydovchilari tomonidan sodir etilgan 4312 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan.
YHXX moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi hamda davlat raqami talabi birinchi yil joriy etilmayotganini eslatib o‘tdi.
A1 toifasini avtomaktabda o‘qimasdan olish mumkin, nazariy imtihonda esa 20 ta savoldan 16 tasiga to‘g‘ri javob berish kifoya.
“Huquqqa, bilimga ega bo‘lmaganlarni mototransportlardan foydalanishlarini cheklayapmiz”, — deya ta‘kidladi YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/07/couriers/
Telegram | Instagram | YouTube
