O‘zbekistonda 185 ming talabani dual ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda
Talabalar oliygohdagi ta’limni korxonalardagi amaliyot bilan birlashtiradigan dual ta’limni kengaytiriladi.
2027/2028-o‘quv yiliga qadar tizimga 75 ta oliygoh va 3,5 mingta korxonani jalb qilib, 12,5 ming nafar talabani qamrab olish ko‘zda tutilgan.
Kelgusida 3- va 4-kurs talabalarining kamida 80% i — qariyb 185 ming nafar talabani dual ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda.
Avvalo ushbu model muhandislik, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida rivojlantiriladi.
Korxonalarda amaliyot o‘tayotgan talabalar ish haqining 50%ini qoplash va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini joriy etish taklif qilinmoqda.
Bunda o‘quv dasturlari korxonalar ehtiyojiga moslashtiriladi, talabalarga esa malakali ustozlar biriktiriladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/29/dual-education/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20100
1.46K

- 👍 43
- ❤ 27
- 🔥 21
- 👎 1