TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 10.9K subscribers
Post #20065 1.7K
📌 G‘oyadan birinchi mijozgacha: NavAI loyihasi qanday qilib 0 so‘m bilan yo‘lga qo‘yilgan?

NavAI startapi 2024-yilda Sardor Davlatov va Qilichbek Haydarov tomonidan tashkil etilgan. Ular biznes uchun qo‘ng‘iroqlarga javob berish, mijozlarga ma’lumot taqdim etish va ayrim jarayonlarni avtomatlashtiruvchi SI ovozli agentini yaratadi.

Startap dastlab mablag‘siz ishga tushirilgan. Keyinchalik President Tech Award orqali $50 ming grant, Sarmo Ventures’dan $20 ming va Yoshlar Ventures’dan $80 ming investitsiya jalb qilingan.

Hozir jamoada 10 nafarga yaqin xodim bor. Kompaniya o‘zbek tili va turli shevalarni tushunadigan SI-agentini rivojlantirmoqda. Kelgusi maqsad — Qirg‘iziston, Tojikiston va Arab ko‘rfazi davlatlari bozorlariga chiqish.

Spot NavAI hammuassisi Sardor Davlatov bilan loyihani 0 so‘mdan boshlash, dastlabki mijozlarni topish va investitsiya jalb qilish haqida suhbatlashdi.

Intervyuning to‘liq qismini YouTube-kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/743cgG1gFsc

Asosiy lavhalarini esa saytimizda o‘qing:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/24/navai/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 10
  • 👍 4
  • 🔥 3
More from @spotuz_uz
  1. Oct 15, 2026💻 Toshkentdagi kovorking markazlari: xizmatlar va narxlar Poytaxtda ish o‘rnini bir soatg…
  2. Oct 15, 2026O‘zbekiston Qahramonjon Olimovni Interpol orqali qidirishni to‘xtatdi Xalqaro jinoiy polit…
  3. Oct 15, 2026Raqobat qo‘mitasi taksi xizmatlarida narxlar asossiz oshirilishini o‘rganmoqda Yirik taksi…
  4. Oct 15, 2026Rossiyadagi gaz quvuridagi portlash O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga ta’sir qilmadi — E…
  5. Oct 15, 2026💸 Dollar kursi yana ko‘tarildi — 12 011,65 so‘m O‘zbekiston Markaziy banki 16-oktabr kuni…
  6. Oct 15, 2026Nilufar Allabergenova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi Allabergenova…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →