So‘mdagi bank omonatlari stavkalari yana pasaymoqda — Markaziy bank
Omonatlarning o‘rtacha daromadliligi 17,6% gacha oshganidan so‘ng, ketma-ket ikki oy davomida pasaydi.
Avgust yakunida ko‘rsatkich 17,2% ni tashkil etdi. Bu 2022-yil fevralidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar omonatlarining real daromadliligi (inflyatsiya kutilmalari chegirib tashlanganda) 7,9% gacha pasaydi.
Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 0,3 foiz punktga kam. Shu bilan birga, yuridik shaxslar uchun real daromadlilik 5,3% gacha oshdi.
Xorijiy valyutadagi omonatlar daromadliligi esa ikki oylik pasayishdan so‘ng may oyidagi eng yuqori ko‘rsatkich — yillik 5,5% ga qaytdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/24/deposits-aug26/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20055
1.41K

- ❤ 4
- 👍 3
- 🔥 2
- 👎 1
- 🤔 1