Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. BlackRock markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
Shuningdek, AQSH ishbilarmon doiralari bilan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
“O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda”, — dedi Mirziyoyeva:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/25/blackrock/
Telegram | Instagram | YouTube
