TGViewer
Channel Public Channel
Kun.uz | Sog’lom hayot

Kun.uz | Sog’lom hayot

@soglomhayotuz

Ma’lumotlar tibbiy madaniyatni oshirish uchun qisqa taqdim etiladi va tavsiyaviy xarakterga ega.

Reklama:
+99878 113 77 33

Boshqa qiziqarli maqolalar saytimizda👇

https://kun.uz/news/category/soglom-hayot
Subscribers
20.7K
Photos
4.5K
Videos
608
Links
6.2K
Recent Posts 20 shown
Post #6578 2.9K
Qon bosimini muntazam o‘lchash nega muhim? 🩺

Yuqori qon bosimi har doim ham bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi yoki holsizlik bilan namoyon bo‘lavermaydi. Inson o‘zini yaxshi his qilsa ham qon bosimi me’yordan yuqori bo‘lishi mumkin. Shu sababli gipertoniya ko‘pincha kech aniqlanadi.

📌 Nega qon bosimini nazorat qilish kerak?

Qon bosimining uzoq vaqt yuqori bo‘lishi yurak va qon tomirlariga ortiqcha yuk tushiradi. Natijada yurak kasalliklari, insult va buyrak faoliyati buzilishi xavfi ortadi. Bosimni muntazam o‘lchash esa muammoni erta aniqlash va o‘z vaqtida choralar ko‘rishga yordam beradi.

❓ Qon bosimini qanday to‘g‘ri o‘lchasa bo'ladi?
▪️ O‘lchashdan oldin kamida 5 daqiqa tinch o‘tiring;
▪️ Oldingi 30 daqiqada qahva ichish, chekish va jismoniy mashq bajarishdan saqlaning;
▪️ Oyoqlaringizni polga tekis qo‘ying;
▪️ Manjetni qo'ning yuqori qismiga yurak balandligida joylashtiring.
▪️ Bir daqiqa oralatib, bosimni ikki marta o‘lchang va natijalarni yozib boring.

👩🏻‍⚕️ Qon bosimi qancha bo‘lishi kerak?

Kattalarda 120/80 mm simob ustuniga yaqin ko‘rsatkich odatda maqbul hisoblanadi. Biroq bosim natijalari yosh, umumiy salomatlik va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholanadi.
Agar ko‘rsatkichlar takroran yuqori chiqsa, shifokorga murojaat qiling.

Qon bosimi 180/120 mm simob ustuni yoki undan yuqori bo‘lsa, bir daqiqadan keyin qayta o‘lchang. Ko‘rsatkich yuqoriligicha qolsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Ko‘krak og‘rig‘i, nafas qisilishi, nutq yoki ko‘rish buzilishi kabi belgilar bo‘lsa, tez yordam chaqiring.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring
  • ❤ 6
  • 💯 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🤝 1
Post #6577 2.4K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi:
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
Post #6576 2.76K
🍊 Vitaminlarni tahlilsiz ichish mumkinmi?

Bu borada keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalardan biri ular qancha ko‘p iste’mol qilinsa, organizmga shuncha ko‘p foyda beradi, degan qarashdir.

Aslida, qo‘shimcha vitaminlar tanqislik bo‘lmagan holatda kutilgan natijani bermasligi, ortiqcha miqdori esa salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.

Ayniqsa, A va D vitaminlari ehtiyotkorlik bilan qabul qilinishi kerak. Ular yog‘da eriydi va organizmda to‘planishi ehtimoli bor. D vitaminining ortiqcha miqdori qonda kalsiy ko‘payishi, buyrak faoliyati buzilishi va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin. A vitaminining yuqori dozalari esa jigarni zararlaydi.

Temir preparatlarini ham tanqislik aniqlanmasdan qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ular ko‘ngil aynishi, qabziyat va qorin og‘rig‘iga sabab bo‘ladi, ortiqcha miqdori esa jiddiy zaharlanishga olib keladi.

Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida bir nechta multivitamin yoki biologik faol qo‘shimcha iste’mol qilish ham xavf tug‘diradi. Chunki ularning tarkibidagi bir xil moddalar umumiy dozani oshirib yuborishi mumkin.

Shuning uchun vitaminlarni barcha kasalliklardan himoya qiluvchi universal vosita sifatida qabul qilish noto‘g‘ri. Immun tizimining normal ishlashi uchun muvozanatli ovqatlanish, yetarli uyqu, jismoniy faollik va boshqa sog‘lom odatlar ham muhim ahamiyatga ega.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🤩 1
  • 🤝 1
Post #6575 4.16K
Och qoringa qanday yeguliklarni iste’mol qilib bo‘lmaydi?

🍊 Sitrus mevalar (apelsin, limon, mandarin)
Yuqori kislotali bo‘lgani uchun oshqozon shilliq qavatini zararlashi, kislota refluksi yoki gastritga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu mahsulotlar oshqozon kislotasini ko‘paytiradi, ichak devorlari yiringlashiga olib keladi.

☕️ Qahva (shuningdek, boshqa kofeinli ichimliklar)
Kofe tarkibidagi kofein organizmda oshqozon kislotasi (xususan, gastrointestinal gormon - gastrin) ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Bu holat bo‘sh oshqozonda yuz bersa, ortiqcha kislota ichak devorini yemirib, gastrit, me’da yallig‘lanishi, oshqozon yarasi rivojlanishi xavfini oshiradi.

🍜 Achchiq taomlar
Bunday ovqatlar tarkibidagi kapsaisin moddasi oshqozon shilliq qavatini yallig‘laydi. Och qoringa iste’mol qilinganda me’da kislotasi ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, gastrit, qorinda qizish hissi, reflyuks simptomlarini paydo qiladi.

🍚 Shakarli ovqatlar va ichimliklar
Shakar tez singadigan karbongidrat hisoblanadi. Bo‘sh oshqozonga tushganda uning tarkibidagi glyukoza qon aylanishiga keskin ta'sir ko'rsatadi, bu esa insulin darajasining tez ko‘tarilishiga olib keladi. Oqibatda gipoglikemiya, energiya yetishmasligi va asabiylik holatlari yuz beradi.

🍲 Yog‘li va qovurilgan ovqatlar
Yog‘li ovqatlar hazm qilishni sekinlashtiradi va oshqozonning bo‘shashini kechiktiradi. Shuningdek, bo‘sh oshqozonga yog‘li ovqat tushganda me’da kuchliroq ishlab, ortiqcha kislota hosil qiladi. Bu esa shishish, og‘irlik va ko‘ngil aynishini keltirib chiqarishi mumkin.

🥬 Xom sabzavotlar (bodring, pomidor, karam va boshqalar)
Xom sabzavotlar, ayniqsa ularning kletchatkaga (to‘qimalar)boy turlarini och qoringa yeyish oshqozonni zo‘riqtiradi. Bu holat shishish, gaz to‘planishi va ayrim hollarda ichak spazmlariga olib keladi.

🥤Gazli ichimliklar
Mazkur suyuqliklar tarkibidagi karbonat angidrid (CO₂) oshqozon ichida bosimni oshiradi hamda shishish, ko‘ngil aynishi, efluks simptomlariga sabab bo‘ladi.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring
  • ❤ 11
  • 😁 7
  • 👍 2
  • 🤩 1
  • 🏆 1
Post #6574 3.59K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi:
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
  • ❤ 4
  • 👍 1
Post #6573 4.17K
🍂 Kuzda immunitetni mustahkamlovchi 5 mahsulot

Kuz fasli — tabiatdagi o‘zgarishlar, havo sovishi va organizmning yangi sharoitlarga moslashish davri. Bu paytda shamollash, gripp va boshqa kasalliklar tez-tez uchraydi. Shu sababli immunitetni mustahkamlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim.

📙Quyida kuzda immunitetni ko‘tarishga yordam beradigan 5 foydali mahsulot bilan tanishasiz:

🍯 Asal
Mazkur tabiat ne’mati qadimdan tabiiy dori sifatida qadrlanadi. Unda immun tizimini mustahkamlovchi fermentlar va mikroelementlar ko‘p. Kuniga 1-2 qoshiq asal iste’mol qilish organizmni shamollashdan himoya qiladi, tomoq va yo‘talni yumshatadi.

🧅 Sarimsoq
Sarimsoq tabiiy antibiotik hisoblanadi. Undagi alitsin moddasi virus va bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Sarimsoqni salat, sho‘rva yoki issiq ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilish foydali.

🍊 Sitrus mevalar (apelsin, limon, mandarin)
Sitrus mevalar C vitamini manbai bo‘lib, u immunitetni mustahkamlashda asosiy o‘rin tutadi. Limonli choy ichish, yangi siqilgan apelsin sharbatini iste’mol qilish kuzgi sovuq kunlarda organizmni quvvatlantiradi va shamollashning oldini oladi.

🍠 Qizil lavlagi
Lavlagi qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi, jigar faoliyatini yaxshilaydi va organizmni toksinlardan tozalashga yordam beradi. Shu bilan birga undagi vitamin va minerallar immunitetni kuchaytiradi. Uni qaynatib, salatga aralashtirib yoki sharbat shaklida iste’mol qilish mumkin.

🌰 Yong‘oq va urug‘lar
Bodom, yong‘oq, pista, kungaboqar urug‘i va zig‘ir urug‘i omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Ular miya faoliyatini yaxshilaydi, energiya beradi va immunitetni mustahkamlaydi. Har kuni bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish kuzgi charchoqqa qarshi samarali vosita hisoblanadi.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring
  • ❤ 10
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 🤩 1
Post #6572 6.49K
🍊 Qaysi vitamin yetishmayotganini tana qanday bildiradi?

Doimiy charchoq, terining qurishi, soch to‘kilishi yoki qo‘l-oyoqlarning uvishishi ko‘pincha vitamin yetishmovchiligi bilan bog‘lanadi.

Ammo bitta belgi asosida qaysi vitamin kamligini aniqlab bo‘lmaydi. Chunki bir xil alomat turli sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin.

Vitamin D yetishmovchiligida mushaklar zaifligi, suyaklarda og‘riq va holsizlik kuzatilishi mumkin. Biroq uni aniq baholash uchun qondagi 25(OH)D darajasi tekshiriladi.

Vitamin B12 kamayganda tez charchash, rang oqarishi, qo‘l-oyoqlarda uvishish, karaxtlik va muvozanat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lish ehtimoli bor.

Folat (B9) yetishmovchiligi ham holsizlik va rang oqarishiga olib keladi. Og‘ir holatlarda nafas qisishi va yurak urishining tezlashishi kuzatilishi mumkin.

Vitamin C yetishmasa, milklarning qonashi, yaralarning sekin bitishi va terida ko‘karishlar kuzatiladi.

Vitamin A tanqisligining muhim belgilaridan biri -- qorong‘ida ko‘rishning yomonlashishi. Teri va ko‘zlarning qurishi ham yuzaga keladi.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • ❤ 7
  • 👍 6
  • 🔥 1
  • 🏆 1
  • 🤝 1
Post #6571 5.24K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi:
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 1
Post #6570 5.99K
🎧Quloqchin taqishning kunlik me’yori qancha bo‘lishi kerak?

Musiqa tinglash, onlayn dars yoki ishda qatnashish, filmlarni tomosha qilishda atrofimizdagilarga halaqit bermaslik uchun quloqchinlardan foydalanamiz. Shuni unutmaslik kerakki, ularni noto‘g‘ri va ortiqcha ishlatish eshitish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

👩🏻‍⚕️Mutaxassislar “60/60 qoidasini” tavsiya qilishadi: ya’ni musiqa balandligini maksimal darajaning 60 foizidan oshirmaslik va quloqchindan uzluksiz 60 daqiqadan ortiq foydalanmaslik lozim.


Bundan tashqari, quloqchinlarni muntazaman ishlatayotganda quloqlarga kamida 10–15 daqiqa dam berish zarur. Kun davomida mazkur gadjetlardan umumiy foydalanish vaqti 3–4 soatdan oshmasligi darkor.

📄 Aks holda quloq nerv hujayralariga zarar yetib, eshitish pasayishi, quloqda shovqin (tinnitus), infeksiya, bosh og‘rig‘i va asabiy zo‘riqish kabi muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • 👍 10
  • ❤ 3
Post #6569 7.08K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi:
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #6568 7K
Qon quyuqlashganining 7 belgisi

Kislorod va oziq moddalarni har bir hujayraga yetkazadigan vosita – qon. U me’yordan ortiq quyuqlashsa, tananing har bir tomiri zo‘riqadi, to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi sekinlashadi, yurak esa qo‘shimcha kuch bilan ishlaydi. Eng xavflisi, bu o‘zgarishlar ko‘pincha dastlabki bosqichlarda deyarli bilinmaydi. Ammo organizm ayrim “signallar”ni yuboradi. Mazkur maqolada qon quyuqlashganda eng ko‘p uchraydigan 7 asosiy belgi tahlil qilinadi.

👉 https://kun.uz/31022040

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring
  • ❤ 6
  • 🤝 3
  • 👍 2
  • 🤩 1
Post #6567 9.02K
💪Suyak yemirilishi oldini olish uchun 7 muhim tavsiya!

Oziqlantirilmagan suyak — erta sinish xavfi demak. Ayniqsa, ayollar va 40 yoshdan oshganlar bundan ogoh bo‘lishi kerak.

📒 Quyida suyak zaiflashuvi oldini olishda asqotuvchi foydali ko'rsatmalarni taqdim etamiz:

• Kalsiyga boy mahsulotlar iste'mol qiling. Ushbu modda suyaklarning mustahkam va zich bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Agar tanada kalsiy kamaysa, organizm suyaklardan uni tortib oladi, bu esa yemirilishga olib keladi. Organizmda kalsiy moddasini ko'paytirish uchun sut, qatiq, tvorog, ko‘katlar, bodom va brokkoli kabi mahsulotlarni tanovvul qilish lozim.

• D vitamini tanqisligi oldini oling.
U tanada kalsiyning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Quyosh nuri, baliq yog‘i va tuxum sarig‘i ushbu moddaning tabiiy manbalaridir. Zarur hollarda shifokor maslahatiga binoan D vitamini mavjud bo‘lgan qo‘shimchalar qabul qilish mumkin.

• Doimiy harakatda bo'ling. Yugurish, piyoda yurish, raqs, yoga kabi yuk tushiruvchi jismoniy faolliklar suyak zichligini oshiradi. Har kuni kamida 30 daqiqa harakatlanish zarur.

• Gazli ichimlik va ortiqcha kofein iste'molini kamaytiring. Kofein va fosfatga boy mahsulotlar kalsiyni yuvib chiqaradi. Kofeinni me’yorida (kuniga 1-2 stakan qahva) iching.

• Tamaki va spirtli ichimlikdan voz keching. Chekish va alkogol suyak to‘qimalarini yemiradi, regeneratsiya jarayonini sekinlashtiradi.

• Gormonal muvozanatni nazorat qiling. Menopauzadan keyin ayollarda estrogen darajasi ozayadi. Mazkur holat suyaklar zaiflashuviga olib keladi. Bu borada ginekolog bilan maslahatlashish muhim.

• Suyak zichligini tekshirtiring.
40 yoshdan keyin har 2–3 yilda suyak zichligi (densitometriya) tekshiruvidan o‘ting. Bu osteoporozni erta aniqlash va oldini olish imkonini beradi.

🌱 Yanada foydali ma'lumotlar olishni istasangiz, Sog'lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • ❤ 13
  • 👍 4
Post #6566 6.34K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi:
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
  • 👍 2
Post #6565 7.8K
💡Har kuni amal qilsangiz, hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi 7 odat

Insonlarni oldinga yetaklaydigan kuch mayda, lekin muntazam takrorlanadigan odatlardir. Doimiy bajaradigan ish-harakatingiz sog‘lig‘ingiz, kayfiyatingiz, munosabatlaringiz va hatto kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizni ham belgilab beradi. Agar siz quyidagi 7 odatni hayotingizga kiritsangiz, asta-sekin o‘zingizni butunlay yangilangan inson sifatida ko‘rasiz.

1. Kunni ongli boshlang

Tong sizga yangi imkoniyat hadya qiladi. Erta uyg‘onib, xotirjamlikda bir stakan iliq suv iching, chuqur nafas oling, shukr qiling. Bu oddiy harakat kuningizni butunlay o‘zgartiradi.

2. Har kuni bilimga sarmoya qiling

Kitob varaqlash, maqola o‘qish yoki yangi narsani o‘rganish o‘zingizga bag‘ishlagan eng yaxshi investitsiyangiz hisoblanadi. Chunki bilim hech qachon qadrsizlanmaydi. 20 daqiqa kitob mutolaa qilish sizni asta-sekin odamlardan bir qadam oldinga chiqaradi.

3. Tana harakati — ruh quvvati

Jismoniy mashqlarni bajarsangiz, tanangiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Yurish yoki uydagi oddiy mashqlar ham energiyangizni ko‘paytiradi, kayfiyatingizni yaxshilaydi.

4. Sog‘lom tanlov — sog‘lom hayot

Ovqat – dori ham, zarar ham bo‘lishi mumkin. Shakar hamda qayta ishlangan taomlarni kamaytirib, meva, sabzavot va suv iste’molini ko‘paytiring.

5. Kundalik reja — tartibli hayot

Eng muhim uch ishni yozib oling va kunni shu vazifalarni amalga oshirishdan boshlang. Rejalilik sizni charchatmaydi, balki yelkangizdahi yukni yengillatadi. Tartibli hayot – muvaffaqiyatning kaliti sanaladi.

6. Minnatdorlikni odat qiling

Kun davomida uchragan yaxshi narsalar uchun shukr qilish ruhiy holatni ko‘taradi. Minnatdorlik daftariga qisqa qaydlar yozish mumkin. Haqiqiy boylik – mavjud narsalardan quvonishni bilishda.

7. Texnologiyaga emas, o‘zingizga vaqt ajrating

Telefon va ijtimoiy tarmoqlarni cheklang. Kechqurun gadjetlardan uzilib, kitob o‘qing, atrofingizdagilar bilan suhbat qiling yoki sokinlikdan bahra oling. Shunda uyqu ham, kayfiyat ham yaxshi bo‘ladi.

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • ❤ 14
  • 👍 10
  • 🔥 3
  • 🤝 1
Post #6564 8.41K
Tungi futbol tomoshasi vazn ortishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot

Taxminan 6 hafta davom etadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari ko‘pincha Toshkent vaqti bilan tunda boshlanadi, shu sababli muxlislar o‘yinlarni tomosha qilish uchun uyqusini qurbon qiladi. Bu esa ba’zi toifadagi odamlar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/306c57

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • 👍 5
  • 🤯 4
  • ❤ 2
  • 🤝 2
  • 💯 1
Post #6563 7.99K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi?
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
  • 🤪 5
  • 😁 2
  • 🤣 2
  • 👎 1
  • 🤩 1
Post #6562 7.65K
SSV bolalarni OʻRVI va grippdan himoya qilish boʻyicha muhim tavsiyalar berdi

Kuz - mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr. Ayniqsa, bu faslda gripp va oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari koʻpayadi.

Xoʻsh, shamollash mavsumiga qanday tayyorgarlik koʻrish, bolalarni OʻRVI dan himoyalash va kasallikni yengil oʻtkazish uchun nimalarga eʼtibor berish zarur?

👉 https://kun.uz/uz/29168767

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • ❤ 4
  • 👍 1
Post #6561 10.9K
Kesarcha kesish: zaruratmi yoki tanlov?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ruq amaliyoti oshib bormoqda. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 20–21 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yil yakuniga kelib 27–28 foizga yetgan.

Kesarcha kesish faqat tibbiy zarurat masalasimi? Yoki ayrim ayollar tug‘ruq og‘rig‘idan qochish uchun buni tanlayaptimi? Kesarcha kesishning o‘zi qanday xavf va oqibatlarga ega? Qachon operatsiya haqiqatan zarur? Ko‘rsatmasiz kesarcha kesish talab qilgan ayollar va bunday operatsiyani amalga oshirgan shifokorlarni qanday javobgarlik kutadi?

Kun.uz mazkur savollarga javob izladi. Soha mutaxassislari, shifokorlar va kesarcha kesishni boshidan o‘tkazgan ayollar fikri yangi materialimizda.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
  • ❤ 4
Post #6560 8.49K
❓ Viruslar mavsumida kasal bo‘lish joningizga tegdimi?

Nazofеron — alfa-2b interferonli vosita bo‘lib, organizmga viruslarga qarshi kurashishda va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

✅ Kimlar uchun mos:
• 1 oydan boshlab bolalar (1 oy–1 yosh bolalar uchun Nazofеron tomchisi)
• kattalar (1 yosh bolalar va undan kattalarga Nazofеron spreyi)

✅ Qachon qo‘llanadi:
• profilaktika uchun
• shamollashning ilk alomatlarida

◽️ Shakli:
tomchi yoki sprey — oddiy va qulay.

Nazofеron — ishonchli himoya.

Reklama
  • ❤ 5
Post #6559 8.44K
Qurtlagan shokolad: u yaroqlilik muddati oʻtmagan mahsulotlarda ham uchraydi

Ijtimoiy tarmoqlarda qadoqlangan shirinlik ichidan tirik qurt chiqqani aks etgan video tarqaldi. Eʼtiborli jihati - videodagi mahsulotning yaroqlilik muddati hali tugamagan. Mahsulot yaroqlilik muddati oʻtmagan boʻlsa ham, qadoq ichida qurt yoki boshqa zararkunanda paydo boʻlishi mumkinmi? Bunday holatga nima sabab boʻladi va hasharot mahsulotga qachon tushib qoladi?

Kun.uz oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mutaxassisdan shu savollarga javob oldi.

👉 https://kun.uz/uz/31916973

🌱 Sog‘lom hayot kanalini kuzatib boring!
  • 👍 3
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @soglomhayotuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kun.uz | Sog’lom hayot: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kun.uz | Sog’lom hayot have?
Kun.uz | Sog’lom hayot (@soglomhayotuz) has 20.7K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kun.uz | Sog’lom hayot know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →