TGViewer
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali @sirdaryo_vbb · 764 subscribers
Post #39753 53

Forwarded from O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

#intellektual_bojxona

Endi biron tovarning bojxona to‘lovi qancha bo‘lishini va qanday notarif tartibotlar mavjudligini bilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha tovarni shunchaki telefonda rasmga olishning o‘zi kifoya!

Bugun tashqi savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor borki, tovarni O‘zbekistonga olib kirish yoki olib chiqishda qanday notarif talablar mavjudligi, qancha bojxona to‘lovi oshirilishi va qanday ta’qiq va cheklovlar mavjudligini oldindan bilishni istaydi.

Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25 martdagi PF-57-son Farmoni talablari asosida Bojxona qo‘mitasi tomonidan «Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining yangi versiyasi ishlab chiqildi.

Yangi versiyada zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda axborot qidirish, tarif va notarif choralarni bilish imkoniyati joriy etilgan.

Interaktiv xizmat customs.uz manzilining "Bojxona organlari Yagona darcha xizmatlari” sahifasiga joylashtirilgan.
More from @sirdaryo_vbb
  1. Oct 10, 2026#matbuot_anjumani #intellektual_bojxona “Yangi O’zbekiston bojxonasi - 2030” - “Intellektu…
  2. Oct 10, 2026SIRDARYO VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASIDA OBODLIK VA TOZALIK YO‘LIDAGI EZGU ISHLAR
  3. Oct 10, 2026Sirdaryo bojxonasida tozalik va obodlik — ezgu maqsad sari Yurtimizda 1-oktabrdan boshlang…
  4. Oct 10, 2026#matbuot_anjumani #intellektual_bojxona Uzreport TV : Sun’iy intellekt bojxona xizmatlarin…
  5. Oct 10, 2026“Intellektual bojxona”: raqamlashtirish qanday natija bermoqda muxbir: Umida Qodirova 12:0…
  6. Oct 10, 2026#korrupsiyaga_qarshi_kurash Bojxona qo‘mitasi bojxona ma’muriyatchiligining shaffoflik va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →