TGViewer
Channel Public Channel
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali

@sirdaryo_vbb

Manzil: Guliston shahar, Sayhun kо‘chasi, 22-uy
Telefon: (67) 236-76-00
Elektron pochta manzili: bojxona.bojxona@mail.ru
E-xat: sirdaryo_customs@exat.uz
Subscribers
769
Photos
30.4K
Videos
4.7K
Links
7.5K
Recent Posts 11 shown
Post #39484 46

Forwarded from O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

#bojxona_dunyo_buylab

BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB!

Dubay bojxonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Toshkentda bo‘lib o‘tgan 7-Global kinologiya forumini
yodga oldi.
Xabarda forumda ishtirok etgan Dubay bojxonasining katta maslahatchisi Yasir Al-Musallamiyga Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning "Milliy kinologiya markaziga 30 yil" esdalik nishonini topshirayotgan fotosurat ham ilova qilingan.

Krasnoyarsk bojxonasi xodimlari Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Fanlar akademiyasi Zoologiya institutiga siam timsohining tulumini
bepul topshirdi.
Mazkur eksponat Vyetnamdan aviaqatnov orqali kelgan yo‘lovchi ayolning bagaji tekshirilganda aniqlangan. Yo‘lovchida ushbu hayvon namunasini olib kirish uchun zarur ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tulum yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi CITES konvensiyasi muhofazasiga olingan siam timsohiga tegishli ekani tasdiqlangan.

Ozarbayjonda bojxona nazoratidan yashirilgan 4 million manatlik olmos toshlar aniqlandi.
Sharja–Boku aviaqatnovi orqali kelgan fuqaro “yashil yo‘lak” orqali bojxona nazorati hududini tark etishga uringan. Uning harakatlari shubha uyg‘otgani sababli yo‘lovchi “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilgan. Tekshiruv jarayonida fuqaro tomonidan bojxona organlariga deklaratsiya qilinmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy og‘irligi 2502,524 karat olmos toshlar aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, musodara qilingan olmoslarning qiymati 4 million manatdan ortiqni tashkil etadi.

Gonkong bojxona xodimlari 535 kilogramm marixuanani musodara qildi.
Tezkor-qidiruv va xavf tahlili asosida Tailanddan Gonkongga kelgan 40 futlik konteyner tekshiruvga jalb qilingan. Hujjatlarda yuk sifatida issiqlikdan himoya qiluvchi qutilar ko‘rsatilgan bo‘lsada, 1 342 ta qutining 364 tasi ichida vakuum paketlarga joylangan narkotik moddalar yashirilgani aniqlangan. Musodara qilingan narkotik moddalarning taxminiy qiymati 125 million Gonkong dollariga baholangan.

Birlashgan Arab Amirliklarida avtomobil shinasi ichiga yashirilgan 16,2 kg metamfetamin aniqlandi
BAAda bojxona xodimlari mamlakatga olib kirilishi rejalashtirilgan 16,2 kilogramm kristallsimon metamfetaminni aniqladi. Avtomobil chegara nazorat punktida zamonaviy skanerdan o‘tkazilganda shubhali belgilar qayd etilgan. Shundan so‘ng transport vositasi chuqurlashtirilgan tekshiruvga yo‘naltirilib, maxsus xizmat itlari yordamida o‘tkazilgan nazorat jarayonida narkotik moddalar avtomobil shinalaridan biri ichiga yashirilgani aniqlangan.

Filippin Bojxona byurosi xalqaro pochta jo‘natmasini tekshirish jarayonida 743 grammga yaqin ekstazi (MDMA)ni aniqladi.
Narkotik modda Maniladagi Markaziy pochta almashinuv markaziga kelgan jo‘natmadagi oqsil qo‘shimchasi protein sifatida deklaratsiya qilingan idishlar ichiga yashirilgan bo‘lgan. Musodara qilingan moddaning taxminiy qiymati 3,15 million filippin pesosiga baholangan. Jo‘natmani qabul qilib olishga kelgan shaxs ushlangan va narkotiklar bilan birga Filippin Narkotiklarga qarshi kurash agentligiga topshirilgan.

Indoneziyada Malayziyadan kelayotgan 46,6 kg metamfetamin ushlandi.
Indoneziyaning Langsa hududida politsiya va mahalliy bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan operatsiya davomida 46,6 kg metamfetamin musodara qilindi. Tezkor tadbir xalqaro narkotrafik tarmog‘i haqida olingan maʼlumotlar asosida tashkil etilgan. Tergov jarayonida Malayziyadan Indoneziyaga narkotik moddalar olib kirish bilan bog‘liq tarmoq aniqlangan. Operatsiya davomida gumon qilingan kuryer qo‘lga olingan.

Panama portida sanoat uskunasi ichiga yashirilgan yukdan 1 146 ta o‘ram narkotik topildi.
Panamada huquqni muhofaza qiluvchi organlar Bojxona xizmati bilan hamkorlikda portlardan birida konteynerni tekshirish chog‘ida sanoat uskunasi konstruksiyasi ichiga yashirilgan 1 146 ta o‘ram narkotik modda aniqladi. Mamlakat bo‘ylab 12 soatdan kam vaqt ichida o‘tkazilgan to‘rtta operatsiya natijasida jami 2 235 ta o‘ramda narkotik modda va 100 dona ekstazi tabletkasi musodara qilingan.
Post #39480 76
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Saxovatdan kimning maqsadi — agar bo‘lsa shuhrat, ovoza, ahli karam shahrida unga har doim berkdir darvoza.

Abdurahmon Jomiy
Post #39476 120
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Post #39473 124
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI — OCHIQ MULOQOT VA YANGI IMKONIYATLAR
 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida yoshlar bilan ochiq muloqotga qaratilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
 
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov, Guliston harbiy prokurori, Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.
 
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlarning savol va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan soha vakillari tomonidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.
 
Jumladan, bojxona boshqarmasi boshlig‘i tomonidan bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi zamonaviy va raqamli xizmatlar, bojxona organlarida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda bojxona sohasidagi kasb va xizmat yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, bojxona sohasida xizmat qilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
 
Shuningdek, muloqot jarayonida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi sohalarga qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning huquqiy va ijtimoiy bilimlarini boyitish, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish berish, shuningdek, ularda Vatanga muhabbat, fuqarolik mas’uliyati va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Older posts →

About this channel

How can I read @sirdaryo_vbb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali have?
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali (@sirdaryo_vbb) has 769 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →