TGViewer
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali @sirdaryo_vbb · 769 subscribers
Post #39473 127
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI — OCHIQ MULOQOT VA YANGI IMKONIYATLAR
 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida yoshlar bilan ochiq muloqotga qaratilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
 
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov, Guliston harbiy prokurori, Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.
 
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlarning savol va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan soha vakillari tomonidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.
 
Jumladan, bojxona boshqarmasi boshlig‘i tomonidan bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi zamonaviy va raqamli xizmatlar, bojxona organlarida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda bojxona sohasidagi kasb va xizmat yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, bojxona sohasida xizmat qilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
 
Shuningdek, muloqot jarayonida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi sohalarga qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning huquqiy va ijtimoiy bilimlarini boyitish, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish berish, shuningdek, ularda Vatanga muhabbat, fuqarolik mas’uliyati va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
More from @sirdaryo_vbb
  1. Oct 3, 2026#bojxona_dunyo_buylab BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB! Dubay bojxonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlard…
  2. Oct 3, 2026Eksport va importda yangi imkoniyatlar 🗓 2.10.2026 ⏰ 15:00 🌐 Telegram | 🌐 Instagram| 🌐…
  3. Oct 3, 2026#Axborot24 | 02.10.2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari kutib olindi mtrk…
  4. Oct 3, 2026Post #39481
  5. Oct 3, 2026#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Saxovatdan kimning maqsadi — agar bo‘lsa…
  6. Oct 2, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Narkotahdidlar marshruti o’zgaryaptimi? Yoshlar qanday qilib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →