#Rektor_va_yoshlar
#Talabalar_bilan_muloqot
REKTOR VA YOSHLAR — SAMIMIY MULOQOT VA MEHR-E’TIBOR
Ijara xonadonlarida talabalar bilan samimiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Mash’al Saidov, birinchi prorektor Laziz Ochilov, fakultet dekanlari hamda mas’ullar ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish maqsadida tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning yashash sharoitlari, kundalik hayoti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi.
Yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy suhbat olib borildi.
Tadbir yakunida talabalar uchun osh tayyorlanib, tarqatildi. Shuningdek, yoshlarning kayfiyatini ko‘tarish va maroqli hordiq chiqarishlari uchun musiqiy dam olish dasturi namoyish etildi.
Talabalar e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube








