TGViewer
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Shahrisabz davlat pedagogika instituti @shdpiuz · 9.14K subscribers
Post #39377 1.78K
#Ijara_xonadonlari
#nazorat
#Profilaktik_tadbir
#Rektor_va_yoshlar

REKTOR IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Mash’al Saidov, fakultet dekanlari hamda Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida Aniq fanlar oliy pedagogika maktabida tahsil olayotgan, ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv va profilaktik o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish masalalarida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.

Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
  • ❤ 9
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🎉 1
More from @shdpiuz
  1. Oct 16, 2026#Milliy_qadriyat 🇺🇿 MILLIYLIK — MILLIY G‘URURIMIZ VA O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI! 😁 Shahrisabz d…
  2. Oct 16, 2026#Tyutor_faoliyati #Seminar 📜🗞️📜 TALABALAR TURAR JOYIDA TYUTORLIK FAOLIYATI: INDIVIDUAL…
  3. Oct 16, 2026#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyo…
  4. Oct 15, 2026#Ijara_xonadonlari #Rektor_va_yoshlar #Talabalar_bilan_muloqot 🇺🇿 PAYSHANBA - YOSHLAR KU…
  5. Oct 15, 2026#Ijara_xonadonlari #Rektor_va_yoshlar #Talabalar_bilan_muloqot REKTOR VA YOSHLAR — SAMIMIY…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →