TGViewer
Shahnoza Soatova blogi Shahnoza Soatova blogi @shahnozxon · 4.81K subscribers
Post #5301 680
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi.

Tanlovga kelib tushgan 800 ga yaqin loyiha ishlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi hamda g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar:

1. O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha:
G‘olib: Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich: kognitiv tilshunoslik, sotsiolingvistika, lingvopoetik sohalaridagi tadqiqotlari uchun;
 
2. O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
G‘olib: Jumayev Nurali Ismoil o‘g‘li “SOF TILIM” (softilim.com.uz) dasturi uchun;
 
3. O‘zbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
G‘olib: Ashurov Salimbay Turayevich “Ko‘hna  bahor  Epkinlari” she’rlar to‘plami uchun;

4. Davlat tili bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material;

G‘olib: Meliboyev Ahmadjon “Jurnalistning til boyligi” kitobi uchun;
 
5. O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
G‘olib: “BMB” media markazi O‘lmasov Diyorbek To‘lqinjon o‘g‘li, O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Til millatning ko‘zgusi” nomli video roligi uchun;

6. O‘zbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

G‘olib: Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi O‘zbek tilidagi ko‘nikmalarni baholash va xalqaro standartlarga javob beradigan sertifikat olish imkonini beruvchi
https://uzpro.uzbmb.uz/  zamonaviy onlayn platformasi uchun;
 
7. O‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
G‘olib: Doktor Veli Savash Yelok Turkiya Respublikasining Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori.

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (22 million so‘m) miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

@shahnozxon
  • ❤ 1
More from @shahnozxon
  1. Oct 13, 2026Технологиялар ўзгарар экан, уларнинг атрофидаги қоидалар ҳам ўзгаради 30 сентябрь куни Тош…
  2. Oct 12, 2026ДАШНОМ Самарқандга Мистер Бист келгандаги бемаъни ҳолат ўзини билган ҳаммани хавотирга сол…
  3. Oct 10, 2026“Tatar qizi” degan xalqaro tanlov bor ekan. Har yili o‘tar ekan. Bu yil shu tanlov Turkman…
  4. Oct 9, 2026Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning ta’lim va ilm-fan haqida bundan bir necha o…
  5. Oct 8, 2026Adabiyot bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofotiga ayol yozuvchi sazovor bo'ldi. Kanadalik Enn…
  6. Oct 8, 2026Ҳадича Сулаймонова номидаги Республика суд экспертиза маркази 75 ёшга тўлди. Ўзбекистонда…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →