Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
📚 Sizlarning bilim va tajribangiz — kelajak avlodning mustahkam poydevori. Ayniqsa, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi kabi mas’uliyatli sohalar uchun malakali, bilimli va yuqori mas’uliyatga ega mutaxassislarni tarbiyalashda ustozlarning o‘rni beqiyos.
🦺 Sanoat xavfsizligi — avvalo, bilim, mas’uliyat va to‘g‘ri tarbiyaning natijasidir. Siz berayotgan bilim va hayotiy saboqlar xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirish, inson hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va shogirdlaringiz kamolidan bahramand bo‘lish baxtini tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️YouTube |🌐Veb-sayt
Post #14273
533
