TGViewer
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati @scisuz · 4.14K subscribers
Post #14276 462
Ustoz va murabbiylarga ehtirom — qadriyat va davomiylik timsoli

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, o‘zining boy tajribasi va bilimlarini yosh avlodga o‘rgatib kelgan faxriy va nafaqadagi xodimlardan hol-ahvol so‘rab, ularni bayram bilan samimiy tabrikladilar.

Uchrashuvlar davomida ustozlarning mehnat faoliyati, sohaga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik tajribasi yuksak e’tirof etildi. Faxriy xodimlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr va farovon hayot tilaklari bildirildi.

Ustoz va murabbiylarning ko‘p yillik mehnati, kasbiy tajribasi va hayotiy saboqlari bugungi avlod uchun muhim maktab bo‘lib xizmat qiladi. Ularning fidokorona mehnatini qadrlash, holidan xabar olish va doimo e’zozlash — milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ bayram bilan muborakbod etadi!

👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️YouTube |🌐Veb-sayt
More from @scisuz
  1. Oct 3, 2026Донолар бисотидан Ҳеч бир ишни орқага сурма, чунки у иш сендан кейин осонлашиб қолмайди. Ж…
  2. Oct 2, 2026Post #14293
  3. Oct 2, 2026Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi — inson hayoti va barqarorlik kafo…
  4. Oct 2, 2026Xavfsizlik va tayyorgarlik uyg‘unligi: Yangiyer 3B-KSda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti Sa…
  5. Oct 2, 2026Samarqand viloyatida gaz ta’minoti obyektlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayy…
  6. Oct 2, 2026#yoshlar_siyosati Yoshlar tadbirkorligi qoʻllab-quvvatlanmoqda 🚕 Bugungi kunda mamlakatim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →