#yoshlar_siyosati
Yoshlar tadbirkorligi qoʻllab-quvvatlanmoqda
🚕 Bugungi kunda mamlakatimizda 5,6 mln nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan boʻlib, ularning 1,9 mln, yaʼni 34 foizini yoshlar tashkil etadi.
🚛 Shuningdek, faoliyat yuritayotgan 301,2 mingta yakka tartibdagi tadbirkorning 56,6 ming nafari (19 foiz) yoshlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Yoshlarni ish bilan taʼminlash va kasbga oʻrgatishni ragʻbatlantirish maqsadida soliq imtiyozlari ham joriy etilgan.
📝 Jumladan, 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar kasbga oʻrgatish maqsadida maktab, kollej va texnikum oʻquvchilarini, shuningdek, 30 yoshdan oshmagan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga ularga toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlash imkoniyati berilgan.
✔️ Mazkur imtiyozdan bugungi kunga qadar 224 ta korxona foydalanib, 6,8 mlrd soʻmdan ziyod soliq imtiyoziga ega boʻlgan.
👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️YouTube |🌐Veb-sayt
Post #14281
380
