TGViewer
Channel Public Channel
Sardor Sodikov - Blog

Sardor Sodikov - Blog

@sardorsodikov

▪️Iqtidor xalqaro maktabi bosh direktori
▪️“Global Education” Nodavlat ta'lim muassasasi asoschisi
▪️Qarshi shahridagi Prezident maktabining faxriy direktori
Subscribers
726
Photos
94
Videos
81
Links
57
Recent Posts 20 shown
Post #373 242
Ha, bu yerda IIB xodimlarining niyati yaxshi, bolalarning xavfsizligini o'ylashmoqda, AMMO...

Butun dunyo doirasida UNICEF ning Bola huquqlari konvensiyasining 16-bandida aniq tiniq qilib yozib qo'yilibdi - "Bolaning shaxsiy daxlsizligi himoya ostida. Qonun bolalarning shaxsiyatini (shaxsiy chegaralarini), oilasini, uyini, munosabatlarini va obro'sini har qanday xavfdan himoya qiladi" deb. Bu yerda bolaning shaxsiy daxlsizligi buzilgan. Bolaning va uning ota-onasining ruxsatisiz ommaviy izza qilinmoqda va uni 2mlndan ortiq obunachi bor davlat xodimi ijtimoiy tarmoqqa chiqarmoqda.

Shuningdek, dars vaqti huquq targ'ibot organlari tomonidan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni 5-moddasida ko'rsatib o'tilgan "pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish va uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish taqiqlangan" degan bandi buzilmoqda. Ha aytishingiz mumkin, ruxsat so'rashgandir deb, lekin davlat maktabida kim ularga darsimni bo'lmang deyishga duxi yetadi?!

Axir, bolalarga endi bu video tamg'a bo'lib qolib, endi maktabda sinfdoshlari tomonidan bullying (tazyiq, bezorilik)ga uchrashlari mumkin: "Ana jinoyatchi bollar", "Ana dadasi jinoyatchi kelyapti", "Dadangni milisalar qidirib keldi" degan gaplar ostida qolib ketish xavfi yaratildi.

Ichki ishlar, YPX, Milliy Gvardiya yoki Xavfsizlik xodimlari bizga "XAVFSIZLIK" xissini berish o'rniga, yana ulardan qo'rqadigan, ularga ishonmaydigan kayfiyatni berishda davom etishmoqda.

Ha, yoshlikdan kaltak yeb, izza qilinib, shu sababli qatiyatli bo'lib (aslida qo'rqib) o'qib-o'rganib mana odam bo'ldikku deb yuqoridagi holatni to'g'ri deb bilayotganlar, yoki bu darajada vaziyat jiddiy emasku deb, vaziyatga yengil qarayotganlar bo'lishi mumkin. Ammo biling, bolalarga nisbatan har qanday tahdid, bu jismoniy bo'ladimi, jinsiy bo'ladimi, psixologik bo'ladimi, kichik tahdid bo'ladimi, o'z nomi bilan tahdid. O'z nomi bilan bola huquqlarini poymol bo'lishi!

Bolalar ombudsmani, ijtimoiy himoya agentligi yoki ta'lim vazirligi bu borada munosabat bildirishi shart deb bilaman. Bolalarni himoya qilish barchamizning vazifamiz. Mening ham vazifam bolalarni himoya qilish bo'lgani uchun, munosabat bildirib ushbu postni yozmoqdaman!

@sardorsodikov
  • 🔥 20
  • 👍 13
  • ❤ 8
Post #372 249
Bu videoga nima munosabat bildirasiz?

Siz munosabat bildirib turing, men ham hozir alohida post yozyapman bu haqida!

@sardorsodikov
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 😱 1
Post #371 628
O'zimga nasihatlar...

Odamlarni samimiysi bilan gaplashaylik, tanishlar mo'l bo'lsa ham.
Kontentlarni foydalisini ko'raylik, trafikimiz 'unlim' bo'lsa ham.
Biznesni halolini qilaylik, qanchalik uddaburon bo’lsak ham.
Ovqatni sog'lomini yeylik, pulimiz ko'p bo'lsa ham.
Gapni dangalini aytaylik, so'z boyligimiz ko’p bo'lsa ham.
Kasbni salohiyatimizga va qiziqishimizga qarab tanlaylik, qiziqishimiz cheksiz bo'lsa ham.

@sardorsodikov
  • 👍 23
  • 🔥 17
  • ❤ 14
Post #370 1.08K
Maktab ochish va uni muvaffaqiyatli yuritish bo'yicha 1 kunlik seminar tashkillashtirmoqdaman. Fikrlar almashamiz, akademik muammolarga yechim taklif qilamiz, o'quvchilarning sonini ko'paytirish bo'yicha strategiyalar shakllantiramiz va networkingni kuchaytiramiz. Marhamat, havola orqali ro'yxatdan o'ting, o'zim shaxsan sizga aloqaga chiqaman va tadbirimizning mazmuni bilan tanishtirib, taklif qilaman.

Oldingi safar qatnashganlarning fikrlari haqida ushbu havolada tanishing

👉 t.me/iqtidor_xalqaro_maktabi/347 👈

@sardorsodikov
  • 👍 9
  • 🔥 6
Post #369 608

Forwarded from Iqtidor xalqaro maktabi

🤔 Maktab ochishni rejalashtiryapsizmi yoki faoliyatingizda muammolarga duch kelayapsizmi?

Unda bu 1 kunlik amaliy seminar aynan siz uchun.

Seminarda:
🔹 Maktabni to‘g‘ri tashkil etish
🔹 Boshqaruv va jamoa bilan ishlash
🔹 O‘quvchilarni jalb qilish
🔹 Marketing va reklama
🔹 Ota-onalar bilan munosabatlar
🔹 Maktab biznesidagi muammolarga amaliy yechimlar

✍️Ro'yxatdan o'tish uchun 👉HAVOLA👈
🎯 Maqsad — muammoni ko‘rish bilan birgalikda, unga yechim ham topishdir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Veb-sahifa | 📹 Youtube
  • 👍 5
  • 🔥 2
Post #368 1.01K
Bugun bir xususiy maktabning instagramida o’quvchilardan olingan so’rovnoma video chiqib qoldi. Mazmuni “siz 1-oktyabrda ustozizga nima sovg’a qilasiz?” deb so’ralmoqda. Ustozlarga hurmatimiz cheksiz, ammo, bolajonlar ustozlariga, voyaga yetib, oyoqqa turib olganlaridan so’ng hadyalar berishlari kerak emasmi? Hurmatli ota-onalar, farzandingiz ustoziga sovg’a olib berguncha, o’z ustozlaringizni borib yo’qlasangiz bo’lmaydimi? Axir shu kichik sovg’a salomlar, manfaatbozlikka, oxir oqibat, sovg’a bermagan o’quvchi va sovg’a bergan o’quvchilarga ikki xil munosabat shakllanishida, sovg’a yuborgan ota-ona ustozga nisbatan yanada “doljensizku” degan munosabat shakllanishiga yetaklamaydimi?

Mayli bolajonlar ustoziga sovg’a bersin, ammo bu ota-onasini puliga bo’lmasin. Qo’lbola ustoziga xat yozsin, rangli qog’ozlardan gullar yasasin, lekin ota-onani puliga buket, shokolad va boshqa narsalarni qatiyan to’xtatish kerak.

@sardorsodikov
  • 🔥 31
  • 👍 28
  • ❤ 11
  • 😢 2
Post #367 723
Terma jamoamiz bollari - shakarsizlar shakar!

Aslida haqiqiy qahramon bu Rustam aka Qosimjonov. Shu inson borligi sababli bizning avlodda va bizdan keyingi avlodda nafaqat havas, shuningdek ishonch ham paydo bo’lgan. Hammasi uchun rahmat Rustam aka, hammasi uchun rahmat yigitlar. Otangizga-onangizga ming rahmat!

@sardorsodikov
  • 🔥 38
  • 👍 11
  • ❤ 10
  • 😱 1
Post #366 612

Forwarded from Alisher Sadullaev

⚡️O’zbekiston – ikki karra butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
  • 🔥 21
  • ❤ 8
  • 👍 8
Post #365 1K
O'zbekiston 1 va O'zbekiston 2 jamoalari topda!

Daxshaaaat!

@sardorsodikov
  • 🔥 30
  • ❤ 2
Post #364 1.15K
Shaxmatni ko’ryapsizlarmi?

Kechadan oldin kuni 1,5mlrd aholisi bor Hindistonni yutgan bo’lsak, bugun 1,4mlrd aholisi bo’lgan Xitoyni yutdik. O’zimga sig’mayapmaneeee.

Endi buyog’iga yangi tug’ilgan chaqaloqlarga Nodirbek degan ismlar qo’yiladiyov 🙂🙂🙂

@sardorsodikov
  • ❤ 29
  • 👍 18
  • 🔥 11
Post #363 916
ko'rmasangiz bo'lmaydi!

Kechadan beri xursandmaneeee!

@sardorsodikov
  • 🔥 22
  • ❤ 14
Post #362 846

Forwarded from Xushnudbek.uz

Shaxmatni doimiy kuzatmaydigan obunachilarimiz kecha qanaqa dramatik va hayajonli bahs bo’lganini sal tushunmay qolishdi.

Shu sababli sizlar uchun izohlari bilan alohida video tayyorladim. Videoda shaxmatchilar, sharhlovchilar, kuzatuvchilarning emotsiyasi va hayajonini ko’rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
  • 🔥 23
  • ❤ 7
Post #361 1.64K
Siz yoshligingizda rus tilida muloqotdan qiynalganligingiz uchun, bu muammo bolamda qaytalanmasin deb, yoki bolam yoshligidan rus tilida mukammal bo'lsin deb bolangizni to'lig'icha rus sinfga topshirishingizning ehtimoliy oqibatlari haqida aytib o'tsam!

1. Rus tilini mukammal bilmaganingiz sababli, bolangizga baribir ham rus tilidan yordam bera olmaysiz.
2. Rus tili baribir ham uning ona tilisi emasligi sababli, qiynaladi.
3. Ertaga rus tilini zo'r o'rganib ketsa, ota-onasini rus tilini bilmaslikda va ular bilan erkin muloqot qila olmayotganlikda, ota-onani ayblaydi.
4. Yuqoridagi sabab tufayli, umr yo'ldosh tanlashda, rusiyzabon insonni tanlaydi, chunki erkin muloqot qiladi.
5. Xullas, oxir oqibat, kelajakda u rusiyzabonlik qulay jamiyatni tanlaydi.

Balkim bu xato emas, ota-onaning maqbul tanlovidir. Ya'ni oqibatini tan olgan holda, bilgan holda rusiyzabon sinfni tanlayotgandir. Ammo shaxsan men uchun, o'zbek tilimiz bilan odob, ahloq, tarbiya va milliy qadriyatlar uyg'unlashib singadi. Buni rusiyzabon sinfda topib bo'lmaydi.

@sardorsodikov
  • 👍 35
  • 🔥 19
  • ❤ 16
  • 😱 2
Post #359 1.43K
Bir tomoniga taqvimni ham bosvorish kerak edi 😆

@sardorsodikov
  • 👍 20
  • 🔥 13
  • ❤ 11
  • 😱 1
Post #358 1.44K
Sardor Sodikov - Blog O’ta og’riqli mavzu! Ushbu insonni shaxsiy fikrlarini hurmat qilgan holda, fikrlariga qarshi fikrlarim: 1. Biz millat o’laroq tayoq yeb haliham odam bo’lmadik. “Ho’p bo’ladi boshliq” deydigan, nimaga deydigan savolni berishdan qo’rqadigan jamiyatmizku haliham.…
Yuqoridagi videoni tomosha qilib, munosabatimni o’qisangizlar, nima haqida gap ketayotganligini yanada tushunasizlar.

@sardorsodikov
  • 👍 12
  • ❤ 1
Post #357 1.56K
Ustozimiz bizni urardi, mana odam bo’ldikku deydiganlar, sizlar jamiyat istagan odam bo’ldingizlar, o’zingiz istagan inson bo’lmadingiz.

@sardorsodikov
  • 👍 16
  • 🔥 10
  • 😱 7
  • ❤ 1
Post #356 1.31K

Forwarded from Sardor Sodikov - Blog

Ko’plab tadqiqotlarga ko’ra, hozirgi yoshlar bir yilda 2000~3000 soat 😳 vaqtini ekran (smartfon/kompyuter) qarshisida o’tkazmoqda ekan.

Bu qanchalik daxshatli katta raqam ekanligini 1 yilda qilinadigan boshqa ishlar bilan taqqoslasak:
1200~1500 soat vaqt maktabda o’tadi.
300~400 soat vaqti 1 ta fandan repetitorda o’tadi.

2000~3000 soat unumli o’tkazilganda, 1 yilda nimalarga ulgurish mumkin:
SPORT: eng boshlang’ich darajadan nafaqat havaskorlikkacha, shuningdek yarim professional darajadagi sportchiga aylanish mumkin (O’zbekiston chempioni bo’la olish mumkin sodda aytsak)
XORIJIY TIL: 0 dan boshlab → C1 (Advanced) darajaga chiqib, IELTS 7,0 natijani kafolatlash mumkin.
CHOLG’U: Bir asbobda murakkab kompozitsiyalarni ham chiqarib bera olish imkoniyatiga ega bo’lish.
DINIY BILIM: 2000 soatda 15-25 pora, 3000 soat bilan esa to’liq 30 porani yodlab, xatm qilishga imkon berar ekan.

@sardorsodikov
  • 👍 19
  • ❤ 12
  • 😢 7
  • 🔥 3
Post #355 6.44K
Hurmatli ota-onalar!

Mayli o’sha orzuyingizdagi uyni 5-6 yildan keyin olarsiz, mayli o’sha to’y-hashamni kamtarroq qilarsiz, mayli mashinangizni yangisiga keyinroq almashtirarsiz, mayli o’sha sayohatga 2-3 yildan keyin borarsiz, ammo farzandingiz ta’limi va tarbiyasini kechiktirmang!

Kechikkan tarbiyani, o’z vaqtida olinmagan ta’limni o’rnini to’ldirish mushkuldir…

@sardorsodikov
  • 👍 41
  • ❤ 22
  • 🔥 5
Post #354 1.62K
Barcha biznes egalariga maslahat:

Xodimlaringizdan farosat kutmang, ularga o’rgating!

@sardorsodikov
  • 👍 34
  • 🔥 16
Older posts →

About this channel

How can I read @sardorsodikov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sardor Sodikov - Blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sardor Sodikov - Blog have?
Sardor Sodikov - Blog (@sardorsodikov) has 726 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sardor Sodikov - Blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →