📍 Samarqand: poligonlar hududi tartibga keltirilmoqda
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi markaziy chiqindi poligoni hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi chiqindi poligonida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.
➡️Maxsus texnikalar yordamida chiqindilar surilib, tekislanmoqda va zichlanmoqda. Shuningdek, chiqindilar ustiga tuproq qatlami yotqizilib, poligon hududlari bosqichma-bosqich tartibga keltirilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



