TGViewer
SANATSIYA SANATSIYA @sanatsiya · 5.74K subscribers
Post #176 504
2-QISM

⚖️ 3,2 milliard so‘mlik da’vo qariyb 5 baravarga qisqartirildi. Ammo huquqiy kurash davom etadi

Sud tomonidan belgilangan qayta hisob-kitob natijasida dastlabki 3 208 789 503 so‘mlik undirish summasi qariyb 5 baravarga qisqartirildi.

Bu natijaga oddiy e’tiroz bilan emas, balki har bir dalolatnoma, kontur, maydon va hisob-kitob ko‘rsatkichlarini alohida tekshirish orqali erishildi.

Xususan:

1️⃣ da’vogar qo‘llagan hosildorlik rasmiy ma’lumotlarga mos kelmagani;

2️⃣ har bir yer maydonining ball-boniteti tegishli kadastr hujjatlari bilan tasdiqlanmagani;

3️⃣ 103 ta holatning har biri bo‘yicha individual hisob-kitob taqdim etilmagani;

4️⃣ ayrim konturlar takroran hisobga kiritilgani;

5️⃣ kuygan maydonlarning aniq koordinatalari va o‘lchov materiallari yetarli emasligi;

6️⃣ somonni aynan Jamiyat yoki uning xodimlari yoqqani isbotlanmagani;

7️⃣ noqonuniy harakat, ayb, zarar va sababiy bog‘lanish birgalikda tasdiqlanmagani asosiy huquqiy vajlar sifatida ilgari surildi.

Sirdaryo viloyat sudi sudyalari N. Sangirov, A. Suvonqulov va B. Isakovga hisob-kitobdagi qarama-qarshiliklarni e’tiborsiz qoldirmagani, ish uchun ahamiyatli holatlarni mutaxassis ishtirokida tekshirtirgani hamda taraflarning vajlariga xolis protsessual baho bergani uchun hurmat bildiramiz.

Biroq huquqiy himoya bu bilan yakunlanmaydi. Chunki Jamiyatning aynan qaysi noqonuniy harakati sodir etilgani, somonni kim yoqqani, Jamiyatning aybi va zarar bilan bevosita sababiy bog‘lanish mavjudligi hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan.

Shu sababli huquqbuzarlik fakti va uning Jamiyat tomonidan sodir etilgani isbotlanmagan qism bo‘yicha sud hujjati ustidan shikoyat qilish davom ettiriladi.

❗️Bu ish har bir tadbirkor uchun jiddiy saboq bo‘lishi kerak.

Agar asossiz dalolatnoma, noto‘g‘ri hisob-kitob yoki isbotlanmagan ayb o‘z vaqtida nizolashilmasa, qog‘ozda yozilgan har qanday summa tadbirkordan undirilishi mumkin.

Davlat organi dalolatnoma tuzgani uning ichidagi barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda to‘g‘ri degani emas. Har bir maydon, har bir raqam, har bir formula va har bir ayblov tegishli dalil bilan tasdiqlanishi shart.

Tadbirkor sukut saqlasa, asossiz hisob-kitob sud qaroriga, sud qarori esa majburiy ijroga aylanishi mumkin. Shu sababli huquqni himoya qilish sud qarori chiqqanidan keyin emas, birinchi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlanishi kerak.

Zararni hisoblab chiqishning o‘zi javobgarlik uchun yetarli emas. Avvalo huquqbuzarlik, uni sodir etgan shaxs, ayb va sababiy bog‘lanish isbotlanishi shart. Isbot bo‘lmasa — undirish ham bo‘lmasligi kerak.

@sanatsiya
  • 👍 2
More from @sanatsiya
  1. Oct 12, 2026📌 Korruptsiya xavfini baholashning yangi tartibi tasdiqlandi Davlat organlari va tashkilo…
  2. Oct 11, 2026🇺🇿 O‘ZBEKISTON — ROBOTOTEXNIKA BO‘YICHA JAHON CHEMPIONI! 🏆🤖 O‘zbekiston yoshlari yana…
  3. Oct 11, 2026⚖️ Mansabdor shaxs har qanday kamchilik uchun jinoiy javobgar bo‘ladimi? Sud amaliyotidagi…
  4. Oct 11, 2026❗️ Rossiyadagi “Yandeks” ma’lumot markazlariga yetgan zarar bizga ham ta’sir ko‘rsatmoqda…
  5. Oct 9, 2026⚖️ KREDIT QARZDORLIGINI UNDIRISHDA BANK KARTALARIDAGI MABLAG‘LARGA CHEKLOV 💳 Markaziy ban…
  6. Oct 9, 2026📢 RASMIY: ERKINJON TURDIMOV TA’LIM VA ILM-FAN VAZIRI LAVOZIMIGA TASDIQLANDI Oliy Majlis Q…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →