🚀 Samarqand davlat pedagogika institutida startap va innovatsiyalarga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Bugun, 23-sentabr kuni Samarqand davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar hamda startap va innovatsion loyihalarga qiziquvchi yoshlar ishtirokida “STARTAP: G‘OYADAN AMALIY LOYIHAGACHA” mavzusida ilmiy-amaliy seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga startap loyihalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, davlat grantlari, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, texnopark imkoniyatlari hamda loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ma’lumot va tavsiyalar berildi.
📔 Tadbir doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti, “SCHOOL 21” raqamli texnologiyalar maktabining Samarqand filiali hamda Samarqand yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
➡️ Mazkur hamkorlik doirasida yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube









