2026-yil 9-oktyabr kuni soat 13:00 lar atrofida Paxtachi tumani “Mirkan” MFY hududidan o‘tuvchi 4K-560 avtomobil yo‘lining 14-km.da YTH sodir bo‘lgan.
“Cobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi Mirkan–Misit yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tomonidan to‘satdan chiqib qolgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida boshqaruvni chap tomonga burgan.
Natijada haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida qatnov qismining chap chekkasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan elektroskuterni urib yuborgan.
Oqibatda skuterda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo’lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, yo’lovchi shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlashlarini, belgilangan tezlik me’yoridan oshirmasdan, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz.
https://t.me/samyhxb
