🚦 YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA NAVBATDAGI AMALIY ISHLAR
Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakatni tartibga solish maqsadida joylarda yangi yo‘l belgilari va yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida haydovchi va piyodalarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, yo‘nalishlar bo‘yicha aniq ma’lumot berish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan bu kabi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
⚠️ Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan o‘rnatilgan yo‘l belgilari talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.
https://t.me/samyhxb
Post #47727
1.54K









