Qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Samarqand shahridagi qabristonlarda hududlarni obodonlashtirish, tozalik va tartibni ta’minlash maqsadida hashar ishlari tashkil etilmoqda.
Hashar davomida qabristonlar hududi chiqindilardan tozalanib, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda, daraxtlar va atrof-muhitni ozoda saqlashga alohida e’tibor qaratilyapti.
Ajdodlar xotirasini e’zozlash, o‘tganlarni yod etish va ular mangu qo‘nim topgan maskanlarni obod saqlash xalqimizga xos ezgu qadriyatlardandir. Zero, qabristonlarni ozoda va sarishta tutish — o‘tmish avlodlarga hurmat, milliy an’analarimizga sadoqat va ma’naviy qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir.
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Post #46980
1.92K




- ❤ 2