Samarqand davlat universitetida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi...
📌Samarqand davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Tanlov davomida talabalar o‘zlarining badiiy asarlar bo‘yicha bilimlari, adabiy tafakkuri va kitobxonlik salohiyatini namoyon etdilar.
🗒Tanlov yakuniga ko‘ra Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti talabasi Madina Hasanova birinchi, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabasi Dilnura Hayitboyeva ikkinchi, matematika fakulteti talabasi Sevinch Toshmuradova uchinchi o‘rinlarni egalladilar.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
Post #60676
2.35K









