UCH AVLOD UCHRASHUVI: TAJRIBA, E’ZOZ VA E’TIROF
📌Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Donaqul Toshboyev, Samarqand davlat universiteti nuroniylar kengashi raisi Suyun Karimov ishtirok etdilar.
🎓Uchrashuv davomida avlodlar davomiyligi, ustoz-shogird an’analari, mehnatga hurmat, hayotiy tajribani yoshlarga yetkazish hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Faxriylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati davomida orttirgan bilim va saboqlari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni ilm olishga, izlanishga, kasbiga sadoqatli bo‘lishga va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga chorladilar.
🗒Tadbirda ko‘p yillik samarali mehnati, ilmiy-pedagogik faoliyati va qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun professor Shodiqul Xoliqulovga birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 You tube
Post #60702
2.55K









