TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.6K subscribers
Post #60460 2.51K
“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!

📌Samarqand davlat universitetining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar institutida talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli innovatsiyalar sohasidagi bilim hamda salohiyatini rivojlantirish maqsadida “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining viloyat (hududiy) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🗒Tanlovning mazkur bosqichida viloyatdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining oliygoh bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlari ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion g‘oya va loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Ishtirokchilar tomonidan dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, mexatronika va robototexnika, aqlli qurilmalar hamda IoT yechimlari kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqilgan loyihalar namoyish etildi.

🎓Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘z yo‘nalishlar bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Samarqand davlat universitetining talabalari Shaxina Sobirova, Charos Erkinova. Sevarabonu Aslamova, Ruxshona Sa’dullayeva ana shunday sharafga muyassar bo‘ldilar.

👥Taqdirlash marosimida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Shohida Shomulatova, Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Ahadov va rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sitora Ro‘ziyeva ishtirok etdilar. G‘olib va faol ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
  • ❤ 5
More from @samdueduuz
  1. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universitetida "IT Queens - kelajakni yaratuvchi qizlar" innovatsion ta…
  2. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universitetida Markaziy Osiyoda ilk marotaba o'tkazilayotgan "Ilg'or la…
  3. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universiteti kompyuter injiniringi kafedrasi assistenti Maftuna Abdurax…
  4. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universitetida Germaniyaning Gumboldt universiteti bilan hamkorlikda “S…
  5. Oct 3, 2026Samarqand davlat universiteti – THE World University Rankings – 2027 xalqaro reytingida! �…
  6. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universiteti yadro texnologiyalari instituti yadro fizikasi va astronom…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →