TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.6K subscribers
Post #60454 2.1K

Forwarded from Samarqandim jurnali

Samarqand davlat universiteti – THE World University Rankings – 2027 xalqaro reytingida!
 
📌Samarqand davlat universiteti dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri — Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan World University Rankings – 2027 reytingidan munosib o‘rin egalladi.

📊Universitetimiz mazkur nufuzli xalqaro reytingda 1201–1400-o‘rinlar guruhidan joy oldi.

💬Bu – Samarqand davlat universitetining ta’lim va ilm-fan sohasidagi salohiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik muhiti hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi izchil faoliyatining xalqaro miqyosdagi e’tirofidir.

🗒Times Higher Education World University Rankings dunyo oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tadqiqotlar sifati, sanoat bilan hamkorlik va xalqaro istiqbol kabi muhim ko‘rsatkichlarini kompleks baholovchi nufuzli xalqaro reytinglardan biridir. Universitetimiz ta’lim sifati yo‘nalishida -25,7 ball, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi bo‘yicha 11,9 ball, tadqiqotlar sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha 57,2 ball, sanoat bilan hamkorlik bo‘yicha 18,5 ball va xalqaro aloqalar ko‘rsatkichi bo‘yicha 42,8 ball to‘plashga erishdi.

👥World University Rankings – 2027 reytingida dunyoning 118 ta mamlakati va hududidan 2 297 ta universitet ishtirok etgan.

🎓Samarqand davlat universitetining ushbu global reytingdan joy olishi universitet jamoasining zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va universitetning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasidagi izchil sa’y-harakatlari o‘z samarasini berayotganidan dalolatdir.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
  • ❤ 7
  • 👍 3
  • 🔥 1
More from @samdueduuz
  1. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universitetida "IT Queens - kelajakni yaratuvchi qizlar" innovatsion ta…
  2. Oct 3, 2026“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi…
  3. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universitetida Markaziy Osiyoda ilk marotaba o'tkazilayotgan "Ilg'or la…
  4. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universiteti kompyuter injiniringi kafedrasi assistenti Maftuna Abdurax…
  5. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universitetida Germaniyaning Gumboldt universiteti bilan hamkorlikda “S…
  6. Oct 3, 2026📌Samarqand davlat universiteti yadro texnologiyalari instituti yadro fizikasi va astronom…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →