📌Samarqand davlat universiteti professorlari Fayzulla Ikromov, Asqar Jusupbekov Moskva davlat qurilish universitetida (MGSU) taniqli olim, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor Zaven Grigo’ryevich Ter-Martirosyan tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan II xalqaro “Baland imoratlar va yerosti inshootlari qurilishida gruntlar mexanikasi va geotexnika” mavzusidagi konferensiyada ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
💬Konferensiyada asosiy e’tibor hozirgi zamon muhandislik geologiyasi, seysmika, regional gruntlar fizik-mexanik xossalarini laboratoriya va dala sharoitida izlanishlarini olib borish, yangi uskunalar yaratish muammolari va muhandislik masalalarini yechishga qaratilgan.
👥Rossiyalik olimlar Samarqand davlat universiteti kutubxonasi fondiga dastxatlari bilan muhandislik geologiyasi, dinamika, seysmikaga oid ilmiy kitoblarini taqdim etishdi.
✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
Post #60425
2.53K








- ❤ 5
- 👍 2