TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.6K subscribers
Post #60357 1.31K
Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. PISA tahlilida bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 8 foiz, o‘rganilgan 91 davlatda o‘rtacha 40 foiz ekani keltirilgan.

Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada g‘oliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rag‘batlantirilmoqda.

Yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Prezidentimiz bunday e’tirof yanada ko‘proq muallimlarni yuksak marralarga intilishga undashini ta’kidladi.

Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish, ularni mukofotlash taklif qilindi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
  • ❤ 2
More from @samdueduuz
  1. Sep 30, 2026USTOZLARNI SHARAFLAB... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegra…
  2. Sep 30, 2026Telegram | Facebook
  3. Sep 30, 2026Bugun mamlakatimizda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentim…
  4. Sep 30, 2026📌Samarqand davlat universitetida talabalar oʻrtasida “Mustaqillik – 35 yil” shiori ostida…
  5. Sep 30, 2026“Болаларимизни пахта даласидан мактаб партасига, ўқитувчиларни таълим жараёнига қайтардик”…
  6. Sep 30, 2026📌Samarqand davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Umida Rashidova va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →