TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.6K subscribers
Post #60367 1.31K
Bugun mamlakatimizda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz endi dunyoning eng kuchli 300 universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifa bo‘lishini ta’kidladi.

Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarning laboratoriya va jihozlarga sarflagan mablag‘i, shuningdek, brend uchun to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi. Kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi, sarmoya qaytishini ta’minlashga xizmat qiladigan davlat granti o‘rinlari ajratiladi.

Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarni eshitdi.

Uchrashuv yakunida Prezidentimiz
“Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir”,

– dedi hamda pedagoglarga shogirdlari yutug‘i, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lishini tilab, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
  • ❤ 1
More from @samdueduuz
  1. Sep 30, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uch…
  2. Sep 30, 2026USTOZLARNI SHARAFLAB... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegra…
  3. Sep 30, 2026Telegram | Facebook
  4. Sep 30, 2026📌Samarqand davlat universitetida talabalar oʻrtasida “Mustaqillik – 35 yil” shiori ostida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →