Kofirqal’ada “Ekologiya va barqaror rivojlanish” kuni o‘tkazildi
📌Samarqand davlat universiteti, arxeologiya instituti hamda Italiyaning Bolonya universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan uch tomonlama hamkorlik izchil va samarali davom etmoqda.
🎓Hamkorlik doirasida Samarqand viloyatidagi Kofirqal’a arxeologik yodgorligi atrofida “Ekologiya va barqaror rivojlanish” kuni tashkil etildi.
🗒Tadbir Italiyalik arxeolog Simoni Montellini, geograf Andrea Zinzani, SamDU san’atshunoslik kafedrasi dotsenti Sitora Sodiqova va “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida o‘tkazildi. Samarqand davlat universitetining landshaft dizayni yo‘nalishi 4-bosqich talabalari hamda Nayman qishlog‘idagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari faol qatnashdi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
Post #60295
1.84K


- ❤ 3