“Talabalikdagi birinchi ko‘chatim” tadbiri o‘tkazildi
📌Samarqand davlat universitetida “Bir nihol — bir kelajak” shiori ostida Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti 1-bosqich talaba-qizlari ishtirokida “Talabalikdagi birinchi ko‘chatim” mavzusida tadbir tashkil etildi.
👥Tadbirda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sitora Ro‘ziyeva ishtirok etdi. Maqsad talaba-yoshlarda tabiatga mehr-muhabbat, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
🎓Tadbir davomida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Har bir ekilgan nihol ezgu niyat, yangi maqsad va kelajakka bo‘lgan ishonch ramzi sifatida e’tirof etildi.
💬“Talabalikdagi birinchi ko‘chatim” tashabbusi talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda bunyodkorlik, jamoaviylik va tabiatga e’tibor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.
✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
Post #59982
1.39K






- ❤ 5
- 👍 3
- 😢 3