TURKIYALIK OLIMLAR TASHRIFI
📌Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Bursa texnika universiteti (Bursa Technical University) rektori Naci Çağlar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.
🎓Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda akademik almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🗒Bursa Texnika universiteti bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim, robototexnika va aqlli tizimlar, ilg‘or materiallar texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya tizimlari, avtomobilsozlik, nanotexnologiya, biotexnologiya hamda yangi avlod kompozit materiallari kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Universitetlar o‘rtasida Memorandum imzolash taklif qilindi. Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.
✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
Post #59971
2.34K










- ❤ 11