#Tabrik
🕌 18-oktabr — Samarqand shahri kuni
Aziz Samarqandliklar!
Barchangizni Samarqand shahri kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Boy tarixi, betakror me’moriy obidalari va boy ma’naviy merosi bilan dunyoga tanilgan azim Samarqandimiz doimo obod va farovon bo‘lsin. Shahrimiz yanada rivojlanib, xalqaro nufuzi yuksalaversin, uning shuhrati va dovrug‘i dunyo bo‘ylab keng taralsin.
Samarqand shahri kuni muborak bo‘lsin!
Shahzoda Negmatova,
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati,
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Post #40910
884
