#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇦🇿
O‘zbekiston delegatsiyasi Qarabog‘ universiteti kampusi bilan tanishdi
O‘zbekiston–Ozarbayjon II rektorlar forumi doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarining 30 ga yaqin vakillari uchun Qarabog‘ universiteti kampusi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar universitetning o‘quv binolari, auditoriyalari, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kampus infratuzilmasi bilan tanishdilar. Shuningdek, Qarabog‘ universitetida ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda universitet faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot oldilar.
Ushbu ekskursiya oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or ta’lim amaliyotlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Post #40886
1.4K









